Xakimova Zulfiyaxon Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy yog‘li xom ashyolardan foydalanib namlantiruvchi kremning resepturasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2622.
Ilmiy rahbar: Ruzibaev Akbarali Tursunbaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich texnika fanlari doktori, professor; Tillaeva Gulnora Urinbaevna farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva danaklari moylari hamda undirilgan bug‘doy ekstrakti bilan boyitilgan namlantiruvchi krem reseptlarini yaratish va ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaftoli, o‘rik va achchiq bodom danaklaridan amigdalinli moy olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarga boyligi isbotlangan;
shaftoli, o‘rik va achchiq bodom moylarining 1:1:1 nisbatdagi aralashmalari asosida amigdalin miqdori 7,0-7,5 mg/g bo‘lgan namlantiruvchi krem resepti ishlab chiqilgan va teri kasalliklariga profilaktik ta’siri asoslangan;
undirilgan bug‘doy ekstrakti asosida namlantiruvchi krem resepti ishlab chiqilgan va bunda ekstraktning miqdori 50% bo‘lganda ekstraktni kremning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
amigdalinli namlantiruvchi krem va bug‘doy ekstrakti bilan boyitilgan namlantiruvchi kremlar tayyorlash jarayonlarining optimal shart-sharoitlari asoslangan;
shaftoli va o‘rik moylari asosidagi biologik faol moddalar hamda bug‘doy ekstrakti bilan boyitilgan namlantiruvchi kremlar reseptlari yaratilgan va ishlab chiqish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Biologik faol moddalar bilan boyitilgan namlantiruvchi kremlar reseptlarini ishlab chiqish va turlarini kengaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy meva danaklaridan amigdalin miqdori ko‘p bo‘lgan moy olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2023 yil 6 oktyabrdagi KS/3-460-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rik, shaftoli va achchiq bodom mag‘izlaridan amigdalin miqdori 5,79-11,0 barobar ko‘p, yog‘sizlangan namlanitruvchi krem ishlab chiqarish imkonini beradi; 
shaftoli, o‘rik va achchiq bodom danaklaridan olingan amigdalinli moylarni kosmetik krem reseptida qo‘llash texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoati» uyushmasining 2023 yil 6 oktyabrdagi KS/3-460-son ma’lumotnomasi). Natijada, moy tarkibidagi amigdalin sababli profilaktik xususiyati oshgan, organoleptik ko‘rsatkichlari yaxshilangan krem ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish