To‘raev Tolib Bozorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan etanolaminlar eritmalarini tozalash va ular asosida kompozision absorbentlar olish texnologiyasi», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. DSc/T162.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Elyor Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazni zaharli birikmalardan tozalashda ishlatilgan etanolamin eritmasini degradatsiyaga uchrash sabablarini aniqlash, absorbentlarni tozalash va ishchi xossalarini qayta tiklash, kompozision absorbentlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
absorbent tarkibidagi N-(oksietil)- va N,N-bis-(oksietil)-imida-zolidon, tris-(oksietil)etilendiamin, N-(oksietil)- va dietanolpiperazin, N-(oksietil)-oksazolidon kabi aminlarning harorat va bosimning ta’sirida  o‘zgargan mahsulotlari, organik birikmalarning hosil bo‘lishi, termik barqaror tuzlar, Na+, K+, CA+  kabi anorganik tuzlar saqlagan murakkab tarkib alkanolaminlarning absorbsiya va desorbsiya jarayonlarining termik destruksiyalanish mahsulotlari ekanligi isbotlangan; 
tarkibida termik barqaror tuzlar saqlagan aminli ishchi eritmani ionalmashinish usulida tozalashning optimal sharoitlari o‘rganilib, og‘ir metalli ionlaridan modifikatsiyalangan polistirol asosidagi anionitlar yordamida samarali tozalanishi  aniqlangan;
ishlatilgan etanolamin eritmasini destruksiya mahsulotlaridan uch bosqichli kombinirlangan fil`trlash usulida tozalash  isbotlangan;
tozalangan texnik etanolaminga amin guruhi saqlovchi faollashtiruvchi qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan absorbentning fizik-kimyoviy va ishchi ko‘rsatgichlari yaxshilash va eritmaning rN-9,8 dan 10,4 ga, absorbsion hajmni 0.40-0,44 mol`/moldan 0,45-0,55 mol`/molgacha oshganligi, ko‘pirish balandligi va turg‘unlik kamayganligi va gaz tozalash samaradorligini oshirish, absorbent eritmasini ishlash muddatini uzaytirish asoslangan;
ishlatilgan etanolaminlar eritmalarini tozalash va ular asosida kompozision absorbentlar olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tabiiy gazlarni zararli birikmalardan tozalashda ishlatilgan etanolamin eritmalarni regenera-siyalash, faollashtiruvchi qo‘shimchalar asosida kompozision absorbent olish va uni gaz tozalash jarayoniga qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan to‘yingan etanolaminlarning ishchi eritmalarini regeneratsiyalash texnologiyasi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Muborak GQIZ» MChJ ning «2024-2025 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 18 fevraldagi 03-17-5/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanilgan 30 %-li ishchi eritmani N-(oksietil)- va N,N-bis-(oksietil)-imidazolidon, tris-(oksietil) etilendiamin, N-(oksietil)- va dietanolpiperazin, N-(oksietil)-oksazolidon va termik bardoshli tuzlardan regeneratsiyalab, qayta foydalanish imkonini beradi;
tabiiy gazlarni zararli birikmalardan tozalashda ishlatilgan etanolamin eritmalarni regeneratsiyalash, faollashtiruvchi qo‘shimchalar asosida kompozision absorbent olish texnologiyasi «Muborak GQIZ» MChJning «2024-2025 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 18 fevraldagi 03-17-5/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, samarali, selektiv, faol kompozision absorbent olish imkonini berdi; 
ishlatilgangan dietanolamin ishchi eritmasini regeneratsiyalash texnologiyasi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Muborak GQIZ» MChJning «2024-2025 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneft`gaz» AJning 2023 yil 18 fevraldagi 03-17-5/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, regeneratsiyalangan etanolaminlarga tarkibida azot saqlovchi qo‘shimchalar qo‘shib kompozision absorbentda gazlarni agressiv komponentlardan tozalash imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish