Mo‘minov Jalolidin Azizjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uglevodorod xomashyosini havo yordamida sovitish jarayonini takomillashtirish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3431.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Tolib Bozorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: havo yordamida sovitish qurilmasini takomillashtirish orqali benzin fraksiyasini sovitish jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorod fraksiyalarining fizik va termofizik xususiyatlari 20÷200 C haroratlar chegarasida tajribaviy va hisoblash orqali aniqlanib, natijalar 0,5÷1,6 % ga farq qilishi asoslangan; 
konstruktiv o‘zgartirish kiritish orqali takomillashtirilgan havo yordamida sovitish qurilmasining samaradorligi mavjud qurilmaga nisbatan 16,7 % ga yuqori ekanligi isbotlangan;
havo yordamida sovitish qurilmasiga yangi konstruksiyali tomchi tutgich o‘rnatilishi bilan namlangan havo harorati 43 S dan 28 S gacha pasayishi va qurilmani ishlash muddati ikki marta uzayishi isbotlangan;
benzin fraksiyasini havo yordamida sovitish qurilmasining maqbul rejim-konstruktiv ko‘rsatgichlari (benzin sarfi - 30-35 m3/soat, havo oqimi - 95.2·103 m3/soat, uglevodorod bug‘larining qurilmaga kirish harorati - 142÷151 C, namlab sovitilgan havo harorati 28 S, ventilyator aylanish soni - 425 min–1, diametri - 3000 mm va tomchi tutgich massasi - 377 kg) aniqlangan;
havoni namlash orqali issiqlik uzatish koeffisienti quruq havoga nisbatan 1,18 marta ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uglevodorod xomashyosini havo yordamida sovitish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
benzin fraksiyasini havo yordamida sovitishning takomillashtirilgan qurilmasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2023 yil 8 fevraldagi 02-03-01/39-son ma’lumotnomasi). Natijada, benzin fraksiyasini havo yordamida sovitish samaradorligini 16,7 % ga oshirish imkonini bergan; 
havoni namlab sovitish takomillashgan texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2023 yil 8 fevraldagi 02-03-01/39-son ma’lumotnomasi). Natijada, quruq havoni namlash orqali harorat 43 S dan 28 S gacha pasayishi aniqlangan va sovitish uchun ishlatiladigan suvning bug‘lanishini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish