Axmadjanov Sardarbek Axmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elastomerlar asosida maxalliy xomashyolarni qo‘shib ko‘p funksionalli organomineral kompozisiyalar va buyumlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3440.
Ilmiy rahbarlar: Turobjonov Sadriddin Muxamadinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Iskenderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Reyimov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xoashyolar asosida elastomerlar uchun ko‘p funksionalli ingredientlar yaratish va ularni qo‘llab har xil sharoitlarda ishlatiluvchi berilgan talablar asosida organomineral kompozisiyalar va buyumlar olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida tanlanilgan organik va noorganik ingredientlarning kimyoviy, fizik-kimyoviy, adsorbsion xossalari, strukturasi va ularni boyitish va modifikasiyalash jarayonida o‘zgarishi asoslangan;
mahalliy xomashyolar asosida tanlanilgan organik va noorganik ingredi-entlarning boyitish va modifikasiyalash texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
yaratilgan ko‘p funksionalli ingredientlarni qo‘shib va miqdorini o‘zgartirib elastomerlar asosida har xil strukturaga ega bo‘lgan organomineral kompozisiyalar tarkibi va ishlatilish soxalari ishlab chiqilgan;
yaratilgan ko‘p funksionalli noorganik ingredientlarning har xil strukturali elastomerlar asosidagi organomineral kompozisiyalarni vulkanlanish kinetikasi mexanizimiga va hosil bo‘luvchi vulkanlanish to‘rlari strukturasi va miqdoriga ta’siri asoslangan;
elastomerlar asosidagi organomineral kompozisiyalarning plastoelastik, reologik va texnologik, gisterezis, fizik-mexanik, dinamik, maxsus va ekspluatasion xossalariga yaratilgan ko‘p funksionalli noorganik ingredientlarning miqdori, fizik-kimyoviy xossalari va strukturasining ta’siri aniqlangan;
yaratilgan ko‘p funksionalli noorganik ingredientlarning qo‘shib har-xil sharoitlarda ishlatiluvchi, berilgan strukturaga ega bo‘lgan, armirlangan va armirlanmagan, qoliplangan va qoliplanmagan elastomerlar asosidagi organomineral kompozisiyalar va buyumlar olish tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elastomerlar asosida maxalliy xomashyolarni qo‘shib ko‘p funksionalli organomineral kompozisiyalar va buyumlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy mineral xomashyolarni boyitish va modifikatsiyalash texnologik jarayoni «BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning mineral xomashyolarni tozalash sexida amaliyotga joriy etilgan («BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2023 yil 30 martdagi 07-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, elastomerlar asosidagi kompozision ko‘p funksionalli organomineral materiallar uchun maxalliy xomashyolardan modifikatsiyalangan noorganik to‘ldirgichlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkonini bergan;
yaratilgan modifikatsiyalangan mineral to‘ldirgichlarni qo‘llab elastomerlar asosida ko‘p funksionalli organomineral kompozisiyalar olish tarkibi va texnologiyasi «BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKda amaliyotga joriy etilgan («BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2023 yil 30 martdagi 07-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy modifikatsiyalangan mineral xomashyolar asosida organomineral elastomer kompozisiyalar ishlab chiqarish imkonini bergan;
yaratilgan ko‘p funksionalli organomineral elastomer kompozisiyalar asosida qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan, armirlangan va armirlanmagan rezina-texnika-tekstil buyumlari olish texnologiyalari «BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKda amaliyotga joriy etilgan («BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI» MChJ XKning 2023 yil 30 martdagi 07-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan, armirlangan va armirlanmagan rezina-texnika-tekstil buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiluvchi mineral to‘ldirgichlarni maxalliylashtirish va tan narxini 33% kamaytirish imkonini bergan.