Auesbaev Alisher Usnatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gazni SO2dan tozalash uchun ishlatiladigan absorbsion-desorbsion kolonnasini takomillashtirish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3809.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Mengliev Sherzod Shoimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazni SO2 dan tozalash jarayonining samaradorligini oshirish va to‘yingan amin eritmalarini regeneratsiya qilish uchun ishlatiladigan desorbsion qurilmalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 20÷150 S haroratlar oralig‘ida N-metildietanolamin va ularning aralashmalarining fizik va termofizik xossalari hisob va tajriba yo‘li bilan aniqlangan;
regeneratsiya kolonnasida to‘yingan amin eritmasi taqsimlanish zonasida konstruktiv o‘zgarishlar amalga oshirildi va tabiiy gazni SO2 dan 96,5 % gacha ajratish samaradorligi isbotlangan;
to‘yingan amin eritmasining tarqalish zonasiga optimal oqim tezligi 0,745 m/s bo‘lgan to‘yingan amin eritmasini etkazib berishning yangi markazdan qochma usuli asoslangan;
130-132S haroratlarda gaz-suyuqlik qatlami tufayli regeneratsiya kolonnasidagi hosil bo‘lgan bosimlar farqining 4 baravargacha kamaytirishning maksimal samaradorligi aniqlangan;
toza amin suyuqliklari va amin eritmalarning zichligini aniq hisoblashga qodir ikkinchi tartibli polinom harorat modelini hisoblash funksiyasi isbotlangan;
nasadkalar bilan takomillashtirilgan desorberda regeneratsiya jarayonining maqbul parametrlari: to‘yingan amin eritmasining oqim tezligi 0,22 kg/s, apparat ichidagi gaz tezligi 2,51 m/s, jarayon harorati 129,25 S, kolonnadagi pastgi va ustki bosimlar farqini 6,46 kPa, regeneratsiyalangan eritmadagi karbonat angidridi konsentratsiyasi 0,27 massa ulushi aniqlangan;
tabiiy gazni SO2 dan tozalashning samarador usuli asoslanib, to‘yingan amin eritmalarini regeneratsiyalash desorbsion qurilmasi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tabiiy gazni SO2 dan tozalash jarayonining samaradorligini oshirish va to‘yingan amin eritmalarini regeneratsiya qilish uchun ishlatiladigan desorbsion qurilmalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik gazni karbonat angidrididan tozalash jarayonida foydalaniladigan desorberni takomillashtirish yo‘li bilan ishlab chiqilgan regenerator Ustyurt GzKK QK «Uz-Kor Gas Chemical» MChJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (QK «Uz-Kor Gas Chemical» MChJning 2023 yil 10 fevraldagi 01-4/24-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘yingan aminning taqsimlanish zonasida nasadka yordamida gidravlik qarshilikni oshirish, ko‘piklanishni kamaytirish bilan to‘yingan amin eritmasini regeneratsiyalash samaradorligi oshirish imkonini bergan;
tabiiy gazni tozalashning takomillashgan texnologiyasi Ustyurt GKK QK «Uz-Kor Gas Chemical» MChJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (QK «Uz-Kor Gas Chemical» MChJning 2023 yil 10 fevraldagi 01-4/24-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazni SO2 dan tozalash bilan korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish