Eshmatova Gavhar Qutpitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinatsiyalashgan mashinalar tarkibida qo‘llaniladigan tandem g‘altakmolaning turi va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2132.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadjanov Sultonali Islamalievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamiz sharoitida kombinatsiyalashgan mashinalar tarkibida qo‘llaniladigan tandem g‘altakmola ishlab chiqish va uning kam energiya sarflyagan holda yuqori ish sifatini ta’minlovchi parametrlarini asoslash yo‘li bilan erlarni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan mashinalar tarkibida qo‘llash uchun tandem g‘altakmolaning konstruksiyasi tuproqning talab darajasida uvalanishi va zichlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
g‘altakmolalarning parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
tandem g‘altakmolaning bo‘ylama - tik tekislikdagi tebranma harakati ish jarayonida  unga ta’sir etuvchi reaksiya kuchlarini o‘zgaruvchanligi va tuproqning fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda tadqiq etilgan;
g‘altakmolalarning diametri, planka va trubalari soni, unga beriladigan solishtirma tik bosim kuchi va agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Kombinatsiyalashgan mashinalar tarkibida qo‘llaniladigan tandem g‘altakmolaning turi va parametrlarini asoslash» bo‘yicha olingan natijalar asosida:
asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tandem g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Tuproqqa ishlov beruvchi g‘altakmolali agregat”, FAP 02286 - 2023 y.). Natijada ish sifati yuqori tandem g‘altakmolaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tandem g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashina Toshkent viloyati Yangiyo‘l va Oqqo‘rg‘on tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 12 sentyabrdagi № 07/34-06/1025-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarga ekish  oldidan ishlov berishda yonilg‘i sarfi 1,3-1,4 martaga kamayishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 34,7 foizga kamayishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan tandem g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 12 sentyabrdagi № 07/34-06/1025-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tandem g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish