Baxronov Bekzod Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vestibulyar bosh aylanishli bemorlarning diagnostikasi va reabilitatsiyasiga differensial yondashuv», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1315.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori. professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Grigor`eva Alla Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchitashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: vestibulyar bosh aylanishi bor bemorlarni kompleks tashxisotiva reabilitatsiya qilish usullari samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vestibulyar buzilishlari mavjud bemorlarda standart tekshiruvlardan tashqari kompyuter-stabilometrik usul bilan birgalikda otonevrologik tekshiruvlar kompleksi o‘tkazish samaradorligi isbotlangan;
 ilk bor, ixtisoslashtirilgan so‘rov va otonevrologik tekshiruvga asoslangan kompyuter dasturi qo‘llanilishi orkali vestibulyar funksiya buzilishining sababini aniqlash, koxleovestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasini, bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasini aniqlash hamda bemor uchun ko‘pgina hollarda kerak bo‘lmagan tekshirishlarni o‘tkazmaslik va zarur bo‘lgan keyingi diagnostik muolajalar spektri aniqlangan;
biologik qaytar aloqa bilan o‘tkazilgan stabilometrik tadqiqot davomida asosiy tik holat muvozanatining turg‘unligini va postural tebranishlarning o‘zgarishini ko‘rsatadigan S, L, V qiymatlarining statistik jihatdan sezilarli o‘sishi aniqlangan;
jismoniy reabilitatsiyaning takomillashtirilgan usulidan foydalangan holda bosh aylanishi qayd etilgan bemorlarda kompleks jismoniy reabilitatsiya zarurligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 25dekabrdagi 79-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining prorektori tomonidan 2023 yil 14 dekabr № 13568 sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: vestibulyar buzilishlari mavjud bemorlarda standart tekshiruvlardan tashqari kompyuter-stabilometrik usul bilan birgalikda otonevrologik tekshiruvlar kompleksi o‘tkazilgan. Ilk marotaba yaratilgan kompyuter dasturi koxleovestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasini va bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasini aniqlashga imkon berdi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarning ilmiy axamiyati shundan iboratki, periferik va markaziy vestibulyar buzilishlarning klinik xususiyatlari aniqlangan va amaliyotchi shifokorlar uchun vestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi va og‘irlik darajasini aniqlash imkonini beruvchi tashxisot tadbirlarining algoritmi ishlab chiqilgan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2023 yil 10-oktyabr 47-sonli buyruq bilan, RShTYoIM TVFda 2023 yil 26 oktyabrdagi 37-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiysamaradorligi quyidagilardan iborat:Vestibulyar bosh aylanishi mavjud bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi va stabilometrik ko‘rsatkichlariga  qarab hamda an’anaviy otonevologik ko‘riklarida, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Vestibulyar bosh aylanishi mavjud bemorlarda  erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi hisobida 360 000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.Xulosa: Bosh aylanishi bilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan diagnostika-davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi:“Vestibulyar bosh aylanishli bemorlarni diagnostikasi va reabilitatsyasiga differensial yondashuv” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 14 dekabr № 13568 sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: biologik qaytar aloqa bilan o‘tkazilgan stabilometrik tadqiqot davomida asosiy tik holat muvozanatining turg‘unligini va postural tebranishlarning o‘zgarishini ko‘rsatadigan S, L, V qiymatlarining statistik jihatdan sezilarli o‘sishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati shundan iboratki, vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxisot etish va reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi;Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2023 yil 10-oktyabr 48-sonli buyruq bilan, RShTYoIM TVFda 2023 yil 26 oktyabrdagi 38-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bosh aylanishi bezovta qiladigan bemorlarni jismoniy reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan usuli uzoq muddatli va barqaror ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bemorning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxisot etish va reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Xulosa: VB bilan kasallangan bemorlarda diagnostika va davolash buyicha taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda MK patologiyasini tashxislash hamda bashoratlash, statsionar sharoitida 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobiga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi:“Vestibulyar bosh aylanishli bemorlarni diagnostikasi va reabilitatsyasiga differensial yondashuv” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 14 dekabr № 13568 sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: vestibulyar buzilishlari mavjud bemorlarda kompyuter-stabilometrik usul bilan birgalikda otonevrologik tekshiruvlar kompleksi o‘tkazilgan. Ilk marotaba yaratilgan kompyuter dasturi koxleovestibulyar buzilishlarning pereferik yoki markaziy zararlanishi va bemorlarda kasallikning kechishi darajasini aniqlashga imkon berdi;Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarning ilmiy axamiyati shundan iboratki, periferik va markaziy vestibulyar buzilishlarning klinik xususiyatlari aniqlangan vestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi va og‘irlik darajasini aniqlash imkonini beruvchi tashxisot tadbirlarining algoritmi ishlab chiqilgan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2023 yil 10-oktyabr 47-sonli buyruq bilan, RShTYoIM TVFda 2023 yil 26 oktyabrdagi 37-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Vestibulyar bosh aylanishi mavjud bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, faolligi va stabilometrik kursatkichlariga  qarab hamda an’anaviy otonevologik kuriklarida, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Vestibulyar neyronit mavjud bemorlarda  erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va ambulator davolashga 260 000so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.Xulosa: Vestibulyar neyronit bilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan diagnostika-davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 260 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi:“Vestibulyar bosh aylanishli bemorlarni diagnostikasi va reabilitatsyasiga differensial yondashuv” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 14 dekabr № 13568 sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: stabilometrik platforma bilan o‘tkazilgan tadqiqot davomida asosiy tik holat muvozanatining turg‘unligini va postural tebranishlarning o‘zgarishini ko‘rsatadigan  ko‘rsatgich qiymatlarining sezilarli o‘sishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati shundan iboratki, vestibulyar neyronit bilan kasallangan  bemorlar reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi;Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2023 yil 10-oktyabr 48-sonli buyruq bilan, RShTYoIM TVFda 2023 yil 26 oktyabrdagi 38-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Vestibulyar neyronit bor bemorlarni jismoniy reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan usuli uzoq muddatli va barqaror ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bemorning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxisot etish va reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Xulosa: Vestibulyar neyronit bilan kasallangan bemorlarda reabilitatsiya buyicha taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda statsionar sharoitida 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi:“Vestibulyar bosh aylanishli bemorlarni diagnostikasi va reabilitatsyasiga differensial yondashuv” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 14 dekabr № 13568 sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish