Xalturaev Xoltura Kuvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan un, non va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligini ta’minlash tadqiqoti», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2066.
Ilmiy rahbar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rafiq Amonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan don, un, non va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
un va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligi bo‘yicha tahlillar o‘tkazilib, ularning mikrobiologik xavfsizligini ta’minlash nazariy jihatdan ilmiy asoslangan;
don, un va non mahsulotlarini dezinseksiyalash va dezinfeksiyalash qurilmalarini hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
ilk marotoba don, un va nonning dielektrik xususiyatlari aniqlangan;
bug‘doy donini dezinseksiyalash va un, nonning zararli mikroflorasini dezinfeksiyalash texnologiyasi uzlyuksiz koaksial va rezonatorli UYuCh qurilmalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan un, non va non mahsulotlarinining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
UYuCh li koaksial dezinfeksiyalash qurilmasi “Pokiza” MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKninng 2023 yil 14 iyundagi 6-1-2/95-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, un va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligiga erishilgan, samaradorlik 20% ga oshishi imkonini bergan;
UYuCh li rezonatorli dezinfeksiyalash qurilmasi “Surxondaryo don mahsulotlari” AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKninng 2023 yil 14 iyundagi 6-1-2/95-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugʼdoy donini dezinseksiyalash orqali mikrobiologik xavfsizligiga erishish imkonini bergan.