Nigmatova Dilnoza Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ichki yonuv dvigatellari uchun spesifik xossaga ega polimer kompozisiyalari va buyumlarini olish texnologiyalarini yaratish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4345.
Ilmiy rahbarlar: Ibadullaev Axmadjon Sabirovich, texnika fanlari doktori, professor; Teshabaeva El`mira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Vapaev Murodjon Dusummatovich, texnika fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxalliy xomashyolar asosida ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun maxsus xossaga ega elastomer kompozisiyalari va buyumlarini olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar furan oligomerlari va atsetilen ishlab chiqarish texnologiyasi qo‘shimcha maxsuloti qora qurum strukturasi va fizik-kimyoviy xossolari asosida ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun maxsus xossali butadien-nitril kauchukli elastomer kompozisiyalarini olish asoslangan;
ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun maxsus xossali butadien-nitril kauchuklari asosida elastomer kompozisiyalarini mahalliy xomashyolarni qo‘shib olish tarkibi berilgan talablar asosida tizimli tahlil orqali ishlab chiqilgan;
yaratilgan butadien-nitril kauchuki asosidagi kompozisiyaning vulkanlanish kinetikasi va texnologik xossalariga ingredientlar strukturasi va miqdori, tayyorlash texnologik ko‘rsatgichlari ta’siri aniqlangan;
yaratilgan kompozision elastomer materiallarning fizik-mexanik, dinamik, ekspluatatsion, maxsus xossalariga tanlanilgan ingredientlar strukturasi va miqdori, tayyorlash texnologik ko‘rsatgichlari ta’siri aniqlangan;
maxalliy xomashyolarni qo‘shib ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun maxsus xossalarga ega armirlangan va armirlanmagan, qoliplangan va qoliplanmagan butadien-nitril kauchuklari asosida elastomer kompozisiyalari va buyumlari olish tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun maxsus xossaga ega elastomer kompozisiyalari va buyumlarini olish tarkibi va texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolarni qo‘shib ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun spesifik xossaga ega buyumlar olish kompozisiya tarkibi «O‘ztemiryo‘lmashtamir» UKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 18 yanvardagi 03/1236-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan kompozisiyalar asosida ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari ishlab chiqish imkonini bergan;
yaratilgan kompozisiyalar asosida ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari olish texnologiyasi «O‘ztemiryo‘lmashtamir» UKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 18 yanvardagi 03/1236-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan kompozisiyalar asosida ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari ishlab chiqishni 60% maxalliylashtirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolarni qo‘shib ichki yonuv dvigatellari tizimlari uchun armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari ishlab chiqish tarkibi va texnologiyalari «O‘ztemiryo‘lmashtamir» UKning rezinatexnika buyumlari ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 18 yanvardagi 03/1236-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan armirlangan va armirlanmagan rezinatexnika buyumlari ishlab chiqarish miqdorini 23% oshirish va tan narxini 35% kamaytirish imkonini bergan.