Buvaraimov Ziyodullo Karimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polivinilxlorid tarkiblari uchun oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2770.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Murtazaev Quvondik Mustafaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid kabel qoplamalarini mahalliy xomashyolar asosida olingan polifunksional antipirenlar bilan yong‘indan himoyalashning samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
melamin, polifosfat ammoniy, alyuminiy, magniy va rux saqlagan polifosfat ammoniy kabi kimyoviy birikmalarni oligomerlash asosida plastifikatlangan polivinilxlorid polimer materiallarni olovbardoshligini oshiruvchi oligomer antipirenlar olingan;
tarkibida fosfor, azot, alyuminiy, magniy va rux bo‘lgan oligomer antipirenlar olish jarayonining optimal sharoitlarilari ishlab chiqilgan;
olingan oligomer antipirenlar bilan plastifikatlangan polivinilxlorid asosidagi polimer materiallarini 140-160oS haroratlarda modifikasiyalashning optimal nisbatlari hamda termik barqarorligi 480oS haroratda 50% massa yo‘qotishga yaxshilanganligi isbotlangan;
tarkibida metall, fosfor va azot bo‘lgan oligomer antipirenlar bilan modifikatsiyalangan polimer materiallarni kislorod indeksini (KI%) 24% dan 38,7% gacha oshishi aniqlangan;
oligomer antipirenlarni olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda keng qo‘llanilayotgan analoglarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 18,3% ga yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polivinilxlorid tarkiblari uchun oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oligomer antipirenlar bilan modifikatsiyalangan polivinilxlorid tarkiblari “SEVEN SYSTEMS” MChJ va “STATERM” MChJ korxonalarida olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 25 apreldagi 6/4/38-1201-son va Farg‘ona neftni qayta ishlab chiqarish zavodining 2023 yil 18 may kunidagi 01-09/1176-son ma’lumotnomalari). Natijada, polimer materiallari uchun polifunksional xususiyatga ega oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
PVX-MP-Al rusumli oligomer antipiren bilan modifikatsiyalangan polivinilxlorid kompozisiyalari “STATERM” MChJ korxonasida olovbardosh polimer detallar olishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 25 apreldagi 6/4/38-1201-son ma’lumotnomasi). Natijada, oligomer antipirenlarni olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda iqtisodiy samaradorlikni o‘rtacha 18,3% ga oshirish imkonini bergan.