Qurbonov Sarvar Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratni ta’minlash faoliyatini takomillashtirish (ma’muriy-huquqiy jihatlari)”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu528.
Ilmiy rahbar: Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Saidgazieva Nilufar Sherzodovna, yuridik fanlar doktori, professor; Xojiev Erkin, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan o‘rnatilgan ma’muriy nazoratni ta’minlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
profilaktik tadbirlar davomida jamoat joylarida shubhali harakatlar sodir etayotgan va ma’muriy nazorat ostidagi fuqarolarning shaxsini joyida tezkor tekshirish hamda aniqlash imkonini beruvchi “E-patrul” tizimini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishining oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan yakka tartibdagi profilaktik ishlarning video qayd etish vositalari bilan jihozlangan maxsus “suhbat xonalari”da o‘tkazilishi tartibini yo‘lga qo‘yish zarurati asoslangan;
ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda ichki ishlar organlariga kelish majburiyatini ta’minlashda ularning shaxsini tezkor hamda sifatli tekshirish va aniqlash imkonini beruvchi barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish (tanib olish) tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
mahallalarni qizil toifadagi mahallalar ro‘yxatiga kiritishda ularda istiqomat qiluvchi ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar salmog‘ining kriminogen vaziyatga ta’sirini inobatga olish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan o‘rnatilgan ma’muriy nazoratni ta’minlash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
profilaktik tadbirlar davomida jamoat joylarida shubhali harakatlar sodir etayotgan va ma’muriy nazorat ostidagi fuqarolarning shaxsini joyida tezkor tekshirish hamda aniqlash imkonini beruvchi “E-patrul” tizimini joriy etishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3, 4, 5-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash boshqarmasining 2023-yil 2-iyundagi 12-15-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratni ta’minlash faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga hamda tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga xizmat qilgan;
ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishining oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan yakka tartibdagi profilaktik ishlarning video qayd etish vositalari bilan jihozlangan maxsus “suhbat xonalari”da o‘tkazilishi tartibini yo‘lga qo‘yishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan “2022 – 2025-yillarda Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi”ning 88-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 10-dekabrdagi 15/49/7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishining oldi olinishiga xizmat qilgan;
ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda ichki ishlar organlariga kelish majburiyatini ta’minlashda ularning shaxsini tezkor hamda sifatli tekshirish va aniqlash imkonini beruvchi barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish (tanib olish) tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan “2022 – 2025-yillarda Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi”ning 95-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 10-dekabrdagi 15/49/7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarni identifikatsiya qilish amaliyotining soddalashtirilishiga hamda ularning ma’muriy cheklovlarga amal qilinishini nazorat qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mahallalarni qizil toifadagi mahallalar ro‘yxatiga kiritishda ularda istiqomat qiluvchi ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar salmog‘ining kriminogen vaziyatga ta’sirini inobatga olishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar”ning ettinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 10-dekabrdagi 15/49/7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi residiv jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirish asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash amaliyotini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.