Muhammadjonova Iroda Akmaljon qizining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori navli paxta xomashyosi uchun vertikal quritish qurilmasining konstruksiyasini yaratish”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.4.PhD/T2306.
Ilmiy rahbar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.09.2023.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ruzimurod Xasanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Alinazarov Alisher Xaydaralievich, t.f.n., professor.    
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozilik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi   yuqori navli paxtani quritish jarayonidagi tolalarning bir-biri bilan o‘zaro eshilib, tugunlar xosil bo‘lishi va ularni mexanik shikastlanishini bartaraf etuvchi, tolalarning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish xamda energiyatejamkor, ekologik toza kombinatsiyalashgan vertikal quritish qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori navli paxtalarni quritish jarayoni uchun ishlab chiqarish quvvatiga mos energiyatejamkor, kombinatsiyalashgan vertikal quritish qurilmasi ishlab chiqilgan;
taklif etilgan kombinatsiyalashgan vertikal quritish texnologik jarayoni uchun quritish kamerasidagi paxta xomashyosining asosiy parametrlari: foydali quritish harorati 80-1000 hamda havo tezligi maksimal 20 m/sek.da samarali quritish imkonini beruvchi matematik modellari qurilgan;
tajribada ko‘p omilli rejalashtirish natijalari asosida quritish qurilmasining muqobil parametr qiymatlari: Vertikal quritish qurilmasining asosiy texnologik parametrlari jumladan sildr balandligi, vinsimon novning ko‘tarilish burchagi,  devor qalinligi aniqlangan;
kombinatsiyalashgan vertikal quritish jihozining sinov natijalari asosida amaliy tadqiqotlar o‘tkazilgan va ularni tahliliy natijalari  olingan xamda ishlab chiqarishda qo‘llash uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan issiq havo tezligi, harorat, sarf bo‘ladigan issiq havo hajmi hamda qurutish qurilmasining asosiy o‘lchamlari aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori navli paxtalarni quritish jarayonida tolalarning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish xamda energiyatejamkor, ekologik toza  kombinatsiyalashgan vertikal quritish jihozini konstruksiyasini ishlab chiqish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Kombinatsiyalashgan vertikal quritish qurilmasi  Namangan “Art Soft tex. klaster” f/x ga qarashli “Pop paxta tozalash” AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 7 iyundagi 02/22-396/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tolalarning biri-biri bilan o‘zaro eshilib qolishi natijasida tugunlar xosil bo‘lishi xamda tolalarning mexanik shikastlanishi kamayishi, toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushi 1,9 % ga pasayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish