Ikramov Sherzod Raximdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy gvardiyaning etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.07 -“ Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu952.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Mirzaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Djo‘raeva Anora Zapparovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Milliy gvardiyaning etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Milliy gvardiyaning vakolatli xodimlari etim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini baholab, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllari (oilaviy bolalar uylarini tashkil etish)ni qo‘llash choralarini ko‘rish lozimligi asoslantirilgan;
Milliy gvardiyaning vakili Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarning «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik liseylari, oliy harbiy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalariga nomzodlar sifatida tayyorlash uchun sharoit yaratish majburiyatini qayd etish zarurati asoslab berilgan;
«Mehr daftari» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hayotga tayyorlash, ularning ta’lim-tarbiyasini tashkil etish, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ayniqsa nogiron va surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tiklash va saqlash kabilarni belgilash zarurati asoslantirilgan;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida ular haqidagi ma’lumotlarni kiritish, idoralararo ma’lumotlar almashishni tashkil etish hamda «Mehr daftari» tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilinishi Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinishi zarurati asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy gvardiyaning etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalai asosida:
Milliy gvardiyaning vakolatli xodimlari etim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini baholab, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rish lozimligi borasidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 451-son qarori bilan tasdiqlangan «Oilaviy bolalar uyi to‘g‘risidagi Nizom»ning 22-bandini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 24-apreldagi 12/2403-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi Milliy gvardiyaning etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaviy bolalar uyida joylardagi bolalarni himoya qilish shu’balari bilan hamkorlikda ularning huquqlarini himoya qilishda ishtirok etishining huquqiy asoslari takomillashishiga xizmat qilgan;
Milliy gvardiyaning vakili Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarini «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik liseylari, oliy harbiy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalariga nomzodlar sifatida tayyorlash uchun sharoit yaratishi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2021-yil 23-avgustdagi 268-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining lavozim yo‘riqnomasini»ning «Birinchi o‘rinbosarning lavozim majburiyatlari» deb nomlangan 3-bobi «Birinchi o‘rinbosarning lavozim majburiyatlari quyidagilardan iborat» nomli 5-bandi 11-xatboshisini shakllantirilishida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 03-06/2-3415-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi Milliy gvardiyaning faoliyatida etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi ta’minlanishiga va bolalarni oliy ta’lim bilan qamrab olishga hamda kasb-hunarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
«Mehr daftari» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari sifatida etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hayotga tayyorlash, ularning ta’lim-tarbiyasini tashkil etish, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, ayniqsa bu toifadagi nogiron va surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tiklash va saqlash etib belgilanishi zarurligi haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 10-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 24-apreldagi 12/2403-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni bilim olish, mehnat qilish, sog‘lig‘ini saqlash va uy-joyga bo‘lgan huquqlari ta’minlanish darajasi oshishiga xizmat qilgan;
«Mehr daftari» axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi va haqqoniyligi Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 24-apreldagi 12/2403-son dalolatnomasi). Bu taklifning joriy etilishi Milliy gvardiyaning etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish faoliyatini takomillashishiga, shu bilan birga «Mehr daftari» jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli sarflanishini nazorat qilish uchun huquqiy asos yaratgan.