Shamiev Diyor Bahriddin o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘quv dastgohlari assortimentlik imkoniyatlari asosida yo‘l-yo‘l naqshli to‘qimalarni loyihalash”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.PhD/T2530
Ilmiy rahbar: Doniyorova Matluba Adashbaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G.N.Valiev, texnika fanlari doktori, professor. H.A.Xazratqulov, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘quv dastgohlari assortimentlik imkoniyatlarini tahlil qilish asosida yo‘l-yo‘l naqshli to‘qimalarni loyihalashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimalarni loyihalash uchun o‘rilish turlari turli to‘quv dastgohlari homuza hosil qilish mexanizmlarining ishlash tartibi asosida yo‘l-yo‘l naqshli bir qatlamli va murakkab to‘qima ishlab chiqilgan;
rapirali va pnevmatik to‘quv dastgohlarining to‘qimani tortish va o‘rash mexanizmlari texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda dastgohda to‘qima ko‘ndalang yo‘llari enini belgilash va turli chiziqli zichlikdagi iplarni joylashtirishni amaliy natojalar asosida ishlab chiqilgan;
to‘quv dastgohining iplardan ko‘p rangli mexanizmidan foydalangan holda tolaviy tarkibi va chiziqlida zichligi turlicha bo‘lgan arqoq iplaridan to‘qima sirtida ko‘ndalang yo‘l-yo‘l naqsh shakllantirilgan;
tanda va arqoq iplarining deformatsiya qiymati va bikrlik koeffisientini hisobga olgan holda to‘qima qalinligi va iplarning chiziqli zichlik koeffisienti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘quv dastgohlarining texnologik imkoniyatlarini tadqiq qilish va yangi yo‘l-yo‘l naqshli o‘rilish turi joriy etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi turdagi yo‘l-yo‘l naqshli matoning o‘rilish turi hamda taxtlash ko‘rsatkichlari “NT HOLDING Home Textile” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 27 iyundagi №30/25-1431-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot samaradorligi mavjud gazlama uchun mos ravishda 20,6%, yangi loyihalangan ko‘ndalang yo‘lli gazlamalar ishlab chiqarish uchun 48,2-56,2% ni tashkil etdi. Zamonaviy to‘quv dastgohlari bilan jihozlangan korxonalarda kapital mablag‘larni qoplanish muddati o‘rtacha 2,5 marta qisqargan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish