Yuldoshev Baxtiyor Shodmonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gruntning namligini va noelastik xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini baholash va prognozlash usullarini ishlab chiqish», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2PhD/T229.

Ilmiy rahbar: Sultanov Taxirjon Zakirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02 bir martalik IK.

Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ilxom Ernazarovich, texnika fanlari doktori; Ismoyilov Kupaymurot, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gruntning namligi va noelastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini baholash va prognozlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gruntning noelastiklik xususiyati va namligini hisobga olgan holda turli ta’sirlarda gruntli to‘g‘onlarning umumlashgan tekis-deformatsiyalanish holatini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;

gruntning elastik, qovushqoq-elastiklik va namlik xususiyatlarini hisobga olgan holda umumlashgan tekis-deformatsiyalanish holati uchun gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini bashorat qilish va baholashning usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;

chekli elementlar usuli asosida gruntli to‘g‘onlar tanasida namlikni tarqalish masalasining sonli echish usuli takomillashtirilgan;

grunt to‘g‘onlarning dinamik holatini baholash usuli to‘g‘onning xususiy tebranish shakllarini yoyish va gruntning qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;

gruntli to‘g‘onlarning umumlashgan tekis-deformatsiyalanish holatini ifodalovchi matematik modellar asosida mavjud Pachkamar, Zomin, Gissarak to‘g‘onlarining kuchlanganlik-deformatsiya holatlari va mustahkamliklarini  baholash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gruntning namligini va noelastik xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini baholash va prognozlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

gruntning noelastiklik xususiyati va namligini hisobga olgan holda turli ta’sirlarda gruntli to‘g‘onlarning umumlashgan tekis-deformatsiyalanish holatini ifodalash uchun ishlab chiqilgan matematik model, hisoblash usuli To‘palong suv ombori to‘g‘oni va yangi loyihalanayotgan gruntli to‘g‘onlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «O‘zsuvloyiha» AJda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 04/27-1285-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini sonli uslubda baholash imkonini bergan.

chekli elementlar usuli asosida gruntli to‘g‘onlarni namlikni tarqalish masalasini takomillashtirilgan sonli echish usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «UZGIP» AJga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 04/27-1285-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natija-sida ishlab chiqilgan sonli usul va algoritmlar matematik hisoblash ishlarining aniqligini oshirish imkonini bergan.

gruntli to‘g‘onlarning umumlashgan tekis-deformatsiyalanish holatini ifodalovchi matematik modellar asosida mavjud Pachkamar, Zomin, Gissarak to‘g‘onlarining kuchlanganlik-deformatsiya holatlari va mustahkamliklarini  baholash uchun ishlab chiqilgan usul O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «O‘zsuvloyiha» AJga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 04/27-1285-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida hozirda foydalanilayotgan va kelgusida qurilishi rejalashtirilgan suv omborlarning gruntli to‘g‘onlarini mustahkamlik va ustuvorlikka tekshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish