Abduraxmanov Xasan Adilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida saylov qonunchiligini takomillashtirish», 12.00.01–Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu30.
Ilmiy rahbar: Malikova Gulchexra Rixsixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov O‘tkirbek Xazratkulovich, yuridik fanlar doktori professor, Otaxonov Foziljon Haydarovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: saylov qonunchiligi va tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanishini belgilash taklif etilgan;
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalarini tuzish, saylov okruglarining sonini Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilash taklif etilgan;
xalqaro tashkilotlar va harakatlar hamda boshqa davlatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilishi to‘g‘risidagi qoidani qonun darajasida mustahkamlash maqsadga muvofiqligi isbotlab berilgan;
qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarini tuzish hamda ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslar uchun saylov huquqlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
Markaziy saylov komissiyasi qarorlarining huquqiy tabiati, ularni qabul qilish, e’lon qilish va kuchga kirishi tartibini qonun darajasida belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Saylov qonunchiligi va tizimini takomillashtirish borasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanishini belgilash to‘g‘risidagi taklif «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasi to‘qqizinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 23 martdagi 03-08/300-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif vakillik hokimiyatining huquqiy holatini yanada mustahkamlashga, mahalliy davlat hokimiyatini demokratik tarzda tashkil etishga xizmat qilgan;
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalarini tuzish, saylov okruglarining sonini Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O‘RQ-439-son «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni 7-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 23 martdagi 03-08/300-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Toshkent shahar xalq deputatlari saylovlarini demokratik tarzda, xalqaro standart va ilg‘or xorijiy tajribaga mos holda tashkil etish va o‘tkazishga xizmat qilgan;
xalqaro tashkilotlar va harakatlar hamda boshqa davlatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilishi to‘g‘risidagi qoidani qonun darajasida mustahkamlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonuni asosida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 14 fevraldagi 06-018/150-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar ishtirokini ta’minlashning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilashga xizmat qilgan;
qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonuni asosida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 10 va 11- moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2017 yil 17 fevraldagi 05/01-02/211-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan shaxslar uchun saylov huquqini kafolatlash mexanizmlarini ishlab chiqishga hissa qo‘shgan;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilishini mustahkamlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonuni bilan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonun 9-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 23 martdagi 03-08/300-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududiy saylov komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mamlakatda yagona saylov amaliyotini shakllantirishga hissa qo‘shgan;
Markaziy saylov komissiyasi qarorlarining huquqiy tabiati, ularni qabul qilish, e’lon qilish va kuchga kirishi tartibini qonun darajasida belgilash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi Qonunining 9-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 23 martdagi 03-08/300-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi saylov jarayonida qabul qilinayotgan qarorlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga xizmat qilgan;
uchastka saylov komissiyasi a’zolarining saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish, shuningdek saylovchilarning ro‘yxatini yuritish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 15, 31 va 32-bandlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2017 yil 13 martdagi 77/3-son dalolatnomasi va 2018 yil 17 apreldagi 184/3-son ma’lumotnomalar). Ushbu takliflar fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishning qo‘shimcha amaliy mexanizmlarini takomillashtirishda, saylovchilar ro‘yxatining xolisligi va izchil yangilanib borishini ta’minlashga xizmat qilgan.