Raximjonov Bekzod Raimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti korxonalarini texnik qayta jihozlashda investision jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 - “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt2651.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04.
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Gulnora Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ernazarov Ortiq Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tizimida texnik qayta jihozlash va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishda investisiya jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra keladigan ishlab chiqarish fondlari faol qismi elementlarining jadal yangilanishi, ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishni ta’minlaydigan va korxona faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi sifatida talqin etiluvchi “texnik qayta jihozlash” tushunchasining mazmuni temir yo‘l transporti sohasida texnik qayta jihozlash jarayonida investisiya faoliyatini boshqarish bo‘yicha innovatsion yondashuvni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti korxonalarida uskunalar parkini yangilash asosida erishiluvchi ijobiy samara ta’sirida elektroenergiya xarajatlari, ishlab chiqarish maydonlari va ishlab chiqaruvchi personalni qisqartirish orqali texnik qayta jihozlashdagi investision jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish asoslangan;
temir yo‘l transporti korxonalarida investision loyihalarni boshqarish algoritmi loyihalarning istiqbolli reytingini va investision jozibadorligini baholashda ekspretlar nuqtai nazarlarini o‘zaro muvofiqlashtirish koeffisienti qiymati (0 < W < 40) diapazonini belgilash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida temir yo‘l transporti obektlarini texnik qayta jihozlash bo‘yicha maqsadli vazifalar asosida moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transportining investision faoliyatini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra keladigan ishlab chiqarish fondlari faol qismi elementlarining jadal yangilanishi, ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishni ta’minlaydigan va korxona faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi sifatida talqin etiluvchi “texnik qayta jihozlash” tushunchasining mazmuni temir yo‘l transporti sohasida texnik qayta jihozlash jarayonida investisiya faoliyatini boshqarish bo‘yicha innovatsion yondashuvni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Transport sohasida korporativ boshqaruv” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2023 yil 7-martdagi 40-058-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “texnik qayta jihozlash” tushunchasining mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarning yanada kengayishi hamda transport sohasida texnik qayta jihozlash jarayonida investisiya faoliyatini boshqarish asosida korxona moliyaviy ko‘rsatkichlarini 5% dan 15% gacha oshirish imkonini yaratgan;
temir yo‘l transporti korxonalarida uskunalar parkini yangilash asosida erishiluvchi ijobiy samara ta’sirida elektroenergiya xarajatlari, ishlab chiqarish maydonlari va ishlab chiqaruvchi personalni qisqartirish orqali texnik qayta jihozlashdagi investision jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023-yil 7-iyuldagi 01/2994-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investision loyihalarni amalga oshirish sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini 5-10% ga oshirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti korxonalarida investision loyihalarni boshqarish algoritmi loyihalarning istiqbolli reytingini va investision jozibadorligini baholashda ekspretlar nuqtai nazarlarini o‘zaro muvofiqlashtirish koeffisienti qiymati (0 < W < 40) diapazonini belgilash orqali takomillashtirish taklifi taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023-yil 7-iyuldagi 01/2994-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transportiga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash va boshqarish aniqligini oshirgan va trasnoprt xarajatlarini 8-12% ga qisqartirish imkonini yaratgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida temir yo‘l transporti obektlarini texnik qayta jihozlash bo‘yicha maqsadli vazifalar asosida moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Marketing va logistika boshqarmasi tomonidan kompaniya tarkibidagi korxonalarni qayta jihozlashda investision jarayonlarni boshqarishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023-yil 7-iyuldagi 01/2994-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya loyihalari va biznes-rejalar samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish investisiya jarayonlarini loyihalash siklini 15% ga qisqartirish imkonini yaratgan.