Mamadov Nasimbek Shuxratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar qalbida harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishda Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi faoliyati targ‘ibotining roli”, 09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.1.PhD/Fal923.
Ilmiy rahbar: Bo‘taev Usmonjon Xayrullaevich, siyosiy fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamadaliev Shavkatbek Olmosboevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining harbiy mahorati misolida yangi O‘zbekiston yoshlarining harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning takomillashgan targ‘ibot texnologiyalarini yaratishning mafkuraviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy vatanparvarlikni tarbiyalashga yo‘nalgan xalq dostonlarining mohiyatini o‘rganish, buyuk sarkardalarning harbiy san’atini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish yoshlarning axborot tarmog‘larida tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy, tarixiy, falsafiy targ‘ibot texnologiyalari ekanligi asoslangan;
yoshlarning «Xalq va armiya – bir tanu jondir» ezgu g‘oyasi atrofida birlashishi ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinchlik va totuvlikni asrab-avaylashning zarurligini singdirish yoshlar-armiya-davlat munosabatlarida oshkoralikni shakllantirish omili ekanligi ochib berilgan;
zamonaviy urush falsafasining endogen va egzogen xususiyatlari o‘zgarayotgan davrda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ishontirish, rag‘batlantirish va shaxsiy ibrat kabi usullardan foydalanishning davlat va jamiyat xavfsizligiga xizmat qilishning mezoni ekanligi ochib berilgan;
harbiy-ma’muriy sektorlar – hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun Jaloliddin Manguberdi va Amir Temurning faoliyati aks ettirgan brayl alifbosidagi ko‘razmali materiallar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni joriy etish yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy targ‘ibot texnologiyasi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar qalbida harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishda Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi faoliyati targ‘ibotining roli mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
harbiy vatanparvarlikni tarbiyalashga yo‘nalgan xalq dostonlarining mohiyatini o‘rganish, buyuk sarkardalarning harbiy san’atini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish ularni axborot tarmog‘larida tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishning ilmiy, tarixiy, falsafiy mezonlar bilan bog‘liq texnologiyalar ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik lisey faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaror loyihasini 4-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 14-iyul 25/2579-son ma’lumotnomasi). Natijalar, harbiy bilim yurtlarida Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining harbiy mahoratini o‘rganish va ular jasoratidan ibrat olishga xizmat qilgan;
yoshlarning «Xalq va armiya — bir tanu jondir» ezgu g‘oyasi atrofida birlashishi ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinchlik va totuvlikni asrab-avaylashning zarurligini singdirish yoshlar-armiya-davlat munosabatlarida oshkoralikni shakllantirish omili ekanligiga oid xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida «Temur tuzuklari»da vatanparvarlik tushunchasi va uni Amir Temur hayotida tutgan o‘rni hamda Jaloliddin Manguberdi jasoratini yoshlar qalbiga singdirish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda hamda targ‘ibotchilar uchun mo‘ljallangan qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 10-iyuldagi 02-02-27-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlar ongiga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish va mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy urush falsafasining endogen va egzogen xususiyatlari o‘zgarayotgan davrda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ishontirish, mashq qildirish va mustaqil ishlash, kuzatish, rag‘batlantirish va shaxsiy namuna kabi usullari davlat va jamiyatning harbiy xavfsizligiga xizmat qilishning mezoni ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi «Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik lisey faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-184-son Qaror loyihasining 2-bandi ijrosini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 6-iyuldagi 6776-son ma’lumotnomasi). Natijalar, «Temurbeklar maktabi», «Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik liseyi» o‘quvchilarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini tushunishiga xizmat qilgan;
harbiy-ma’muriy sektorlar - hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun Jaloliddin Manguberdi va Amir Temurning faoliyati aks ettirgan brayl alifbosidagi ko‘razmali materiallar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan joriy etish yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy targ‘ibot texnologiyasi modeli ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yoshlarga Jaloliddin Manguberdi va Amir Temurning faoliyati aks ettirgan brayl alifbosidagi ko‘rgazmali materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 04-02/601-son ma’lumotnomasi). Natijalar, maktabgacha ta’lim muassasalarida «Ertaklar yaxshilikka etaklar» shiori ostida o‘yinli tadbirlarni tashkil etish va ularda afsonaviy qahramonlar obrazlarini yaratishga xizmat qilgan.