G‘ayratov Jasurbek G‘ayratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuksizlantirilgan urug‘lik chigit tayyorlash mashinasining ishchi qismlari konstruksiyasini takomillashtirish bilan ishlash samarasini oshirish”  05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3669
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Mansurbek Raximovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), katta ilmiy xodim (05.02.03), Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich texnika fanlari doktori, professor (05.06.02).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1LB kolosniksiz linterida metall cho‘tkali silindrlar o‘rniga arrali silindrlarning yangi konstruksiyasini qo‘llash bilan urug‘lik chigitni tuksizlantirish samaradorligini  oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitini tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish uchun yuza qismi to‘lqinsimon shakldagi arra oraliq qistirmalaridan yig‘ilgan arrali silindrni delinterlash mashinasining kamerasiga o‘rnatib, chigit tuksizlantirish mashinasi ishlab chiqilgan;
to‘lqinsimon qistirmaning elastiklik kuchi, chigitga vertikal yo‘nalishda tuklarni cho‘zishdagi siljituvchi kuchlarni hisobga olgan holda kuchlarni muvozanat shartiga asosan to‘lqinsimon qistirmaning sirti bilan tukli chigit ishqalanish kuchi ifodasi keltirib chiqarilgan;
tukli chigitni bir tekisda cho‘zish va ingichkalash notekisligini kamaytirishda elastiklik koeffisientiga va arrali silindrning burchak tezlikligiga hamda tukni cho‘zishdagi uzunligiga,  to‘lqinsimon yuzasini arra harakati yo‘nalishi bo‘ylab burchagiga bog‘liqlik ifodasi olingan;
1LB delinterlash mashinasining takomillashtirilgan arra oraliq qistirmalar diametri, to‘lqinsimon yuza burchagi va silindrning aylanishlar soni kabi parametrlarni tajribalarni matematik rejalashtirish usuli orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta chigitini ikki bosqichli tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish va chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta’minlovchi delinterlash mashinasini konstruksiyasini parametrlarini chigitni delinterlashda samaradorligi yuqori bo‘lishi bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
Takomillashtirilgan chigit delinterlash mashinasi Namangan viloyati, “Effekt namangan ta’minot servis” MChJ ga qarashli Uychi urug‘lik chigit tayyorlash korxonasidagi urug‘lik chigitni tuksizlantirish tizimiga joriy etildi.  (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining №03/22-811 sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan texnologik jarayonda 1LB linteridan so‘ng chigit mexanik shikastlanish darajasining oshishi 0,5 % ga kamaygan, momiq chiqishi 4,0 % ga teng bo‘lib, 0,4 % ga ortgan. Olingan momiq “B” turidagi momiq turiga mos kelishi aniqlandi. Chigitlar OS tuksizlantirish mashinasida 0,5 % gacha tuksizlantirishda uning ish unumdorligi 450 kg/soatga etib, mexanik shikastlanishning oshishi amaldagisidan 1,3 % ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish