Mamurov Samadjon Igamnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Engil sanoat korxonalarida marketing axborotlaridan samarali foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3066
Ilmiy rahbari: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Akramov Toxir Abdiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: engil sanoat korxonalari faoliyatini marketing axborotlaridan samarali foydalanish orqali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing axboroti” tushunchasi bozor dinamikasi, iste’molchilarning xatti-harakatlari va raqobatga oid ma’lumotlar va tushunchalarni tizimli to‘plash, tahlil va talqin qilish asosida qarorlar qabul qilish va marketing strategiyalari haqida aniq axborotlar olish imkonini beruvchi tizim jihatidan takomillashtirilgan;
engil sanoat korxonalari marketingi faoliyatida ijtimoiy so‘rovnoma axborotlarini shakllantirish va qayta ishlash bo‘yicha mualliflik ishlanmalariga oid “MIS-POLL” marketing platformasini qo‘llash orqali reklama (R=0,68), savdo nashrlari (SN=0,23), sanoat tadbirlari va konferensiyalar (STK=0,09)ning iste’molchilarga ta’sir darajalari asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi engil sanoat korxonalarida marketing axborotlardan foydalanishda “marketing miks” kompleksiga qo‘shimcha tarzda iste’molchi e’tiboriga etkazish tezligini uyg‘unlashtirish orqali mahsulot sotish hajmini oshirish asoslangan;
engil sanoat sohasining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijasida shakllantirilgan korxonalarda marketing faoliyati samardorligini baholash uslubiyoti asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil sanoat korxonalarida marketing axborotidan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing axboroti” tushunchasi bozor dinamikasi, iste’molchilarning xatti-harakatlari va raqobatga oid ma’lumotlar va tushunchalarni tizimli to‘plash, tahlil va talqin qilish asosida qarorlar qabul qilish va marketing strategiyalari haqida aniq axborotlar olish imkonini beruvchi tizim jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing (2-modul “Brend menejmenti” fani asosida)” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda bozor dinamikasi, iste’molchilarning xatti-harakatlari va raqobatga oid ma’lumotlar va tushunchalar asosida qarorlar qabul qilish va marketing strategiyalari haqida aniq axborotlar olish imkonini beruvchi tizim sifatidagi “marketing axboroti” tushunchasi to‘g‘risida yanada kengroq bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan;
engil sanoat korxonalari marketingi faoliyatida ijtimoiy so‘rovnoma axborotlarini shakllantirish va qayta ishlash bo‘yicha mualliflik ishlanmalariga oid “MIS-POLL” marketing platformasini qo‘llash orqali reklama (R=0,68), savdo nashrlari (SN=0,23), sanoat tadbirlari va konferensiyalar (STK=0,09)ning iste’molchilarga ta’sir darajalaridan foydalanish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “Global Mega Textile” MChJ faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 8 maydagi №12-07-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Global Mega Textile” MChJning marketing axborotlari bilan ishlash samaradorligini 17 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi engil sanoat korxonalarida marketing axborotlardan foydalanishda “marketing miks” kompleksiga qo‘shimcha tarzda iste’molchi e’tiboriga etkazish tezligini uyg‘unlashtirish orqali mahsulot sotish hajmi va rentabelligini oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “Global Mega Textile” MChJ faoliyatiga tatbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 8 maydagi №12-07-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Global Mega Textile” MChJda savdo hajmini 11 foizga, rentabellik darajasini 19 foizga oshirish imkoni yaratilgan.