Abdulxakimov Sirojiddin Nurboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarida innovasiyalardan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt871.
Ilmiy rahbari: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Eshtaev Alisher Abdug‘anievich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Aripov Oybek Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes subektlarining innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga mas’ul idoralar tomonidan faoliyatida innovatsion salohiyati nisbatan yuqori bo‘lgan kichik biznes korxonalarini aniqlash asosida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib, ilm-fan yutuqlariga, texnologiyalar transferi va ratsionalizatorlik takliflariga asoslangan holda o‘zaro hamkorlik qiluvchi kichik innovatsion korxonalar guruhini tashkil etish yo‘llari asoslangan;
yirik va o‘rta korxonalar hamda markaziy hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik innovatsion korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishning muayyan jarayoni yoki qismini kooperatsiya asosida hududlarning olis aholi punktlaridagi kichik biznes korxonalarida tashkil etish orqali mamlakatda innovatsion ishlab chiqarishni kengaytirish taklifi asoslangan;
innovatsiyani joriy etishga mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan xorij mamlakatlarida keng amaliy sinovdan o‘tgan kichik ko‘lamdagi innovatsion texnologiya va ishlanmalarni aniq innovatsion loyihalar asosida kichik innovatsion korxonalarga joriy etishni ta’minlovchi innovatsion markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda innovatsion jarayonlarning kichik biznes subektlari faoliyatiga ta’sirining ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida soha rivojlanishining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsiyalar jarayonida kichik biznes rivojlantirish yo‘nalishlari borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududdagi kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga mas’ul idoralar tomonidan faoliyatida innovatsion salohiyati nisbatan yuqori bo‘lgan kichik biznes korxonalarini aniqlash asosida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib, ilm-fan yutuqlariga, texnologiyalar transferi va ratsionalizatorlik takliflariga asoslangan holda o‘zaro hamkorlik qiluvchi kichik innovatsion korxonalar guruhini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 1-ilova “2022 - 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-martdagi 11/03-15-3296-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda o‘zaro hamkorlik qiluvchi kichik innovatsion korxonalar guruhini tashkil etish orqali innovatsion rivojlanishni ta’minlash imkoni yaratilgan;
yirik va o‘rta korxonalar hamda markaziy hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik innovatsion korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishning muayyan jarayoni yoki qismini kooperatsiya asosida hududlarning olis aholi punktlaridagi kichik biznes korxonalarida tashkil etish orqali mamlakatda innovatsion ishlab chiqarishni kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 1-ilova “2022 - 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-martdagi 11/03-15-3296-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatning olis aholi punktlarida innovatsion ishlab chiqarishni shakllantirish hamda kichik biznes korxonalari faoliyatini jadal rivojlantirish imkoni yaratilgan;
innovatsiyani joriy etishga mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan xorij mamlakatlarida keng amaliy sinovdan o‘tgan kichik ko‘lamdagi innovatsion texnologiya va ishlanmalarni aniq innovatsion loyihalar asosida kichik innovatsion korxonalarga joriy etishni ta’minlovchi innovatsion markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 1-ilova “2022 - 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-martdagi 11/03-15-3296-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorij mamlakatlarida keng amaliy sinovdan o‘tgan kichik ko‘lamdagi innovatsion texnologiya va ishlanmalarni aniq innovatsion loyihalar asosida kichik innovatsion korxonalarga joriy etishni ta’minlovchi innovatsion markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali innovatsion rivojlanishni ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda innovatsion jarayonlarning kichik biznes subektlari faoliyatiga ta’sirining ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida soha rivojlanishining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan mamlakatdagi kichik innovatsion korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-martdagi 11/03-15-3296-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat hududlari bo‘yicha kichik innovatsion korxonalar faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarini uzoq muddatli istiqbolda o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.