Mamatkabilov Abdilmajid Xujamuratovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shinalarning elastikligi va deformatsiyasini hisobga olib avtomobil matematik modelini ishlab chiqish va harakati ustivorligini tekshirish” 01.02.01– Nazariy mexanika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM714
Ilmiy rahbar: Dusmatov Olimjon Musurmonovich fizika-matematika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash.
    Rasmiy opponentlar: Korshunova Natalia Aleksandrovna fizika-matematika fanlari doktori, professor; Haydarov Ilhom Qudratovich fizika-matematika fanlari nomzodi,  dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - shinalarning elastikligi va deformatsiyasini hisobga olgan holda avtomobilning matematik modelini ishab chiqish va sistemaning ratsional parametrlarini aniqlash maqsadida harakat ustuvorligini tekshirish metodikasini, algoritm va dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shinaning elastikligi va ko‘ndalang, bo‘ylama, burchak va radial deformatsiyasini hisobga olgan holda avtomobilning egri chiziqli va to‘g‘ri chiziqli harakatining matematik modelini kinetik energiyaning saqlanish qonuni orqali ishlab chiqilgan;
Shturm usuli orqali shinalarning elastiklik va dissipativlik xossalarini hisobga olgan holda avtomobil harakatining ustuvorligini o‘rganish metodikasi ishlab chiqilgan;
Avtomobil harakati ustuvorligi sohasini Shturm qatori orqali hisoblash algoritmi va amaliy dasturi ishlab chiqilgan hamda sistemaning ratsional parametrlari topilgan;
avtomobil harakatining turg‘un va turg‘un bo‘lmagan jarayonlar uchun olingan ustuvorlik natijalarii Lyapunov metodikasi orqali ham asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi mexanik sistemalar dinamikasi va ustuvorligini tekshirish va tahlil qilish holatini hisoblash usullari, tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shinalarning elastikligi va deformatsiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan avtomobilning matematik modellari hamda ustuvorlikni o‘rganish metodikasi Termiz muhandislik-texnologiya instituti bilan birgalikda “Transport mashinasozligi va logistika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat o‘quv jarayonida qo‘llanildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida 60720700-Texnologik mashinalar va asbob-uskunalar (turlari bo‘yicha), 60712500-Transport mashinasozligi (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat talabalariga mexanika kursini o‘qitishda o‘quv amaliy mashg‘ulotlar uchun sonli tajribalar yordamida mexanik sistemalar dinamikasi va ustuvorligini tekshirish va tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritm va dasturlardan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 27.02.2023 yildagi 02-01-01-42-sonli ma’lumotnomasi ). Natijada, bu dempfersiz avtomobil harakatida shinalarning elastikligi va deformatsiyasini hisobga olib hisoblashning algoritmi ishlab chiqilgan;
Aktiv va passiv zonalardan iborat g‘ovak muxitlarda ikki komponentali suspenziyalar sizishi jarayonida yuviladigan va yuvilmaydigan cho‘kmalar konsentratsiyalariga nisbatan yozilgan ko‘p bosqichli kinetika tenglamalarida g‘ovak muhit va cho‘kmalar fizik xususiyatlarinini takomillashtirishda hamda masalalarni sonli echishda Samarqand davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-64  sonli “Birjinslimas g‘ovak muhitlarda suyuqlik sizishi va moddalar ko‘chishi gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (SamDUning 30.10.2023 yildagi №10-5626-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p bosqichli kinetika tenglamalari asosida ikki komponentali suspenziyalar sizishi masalasini sonli echishning samarali algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish