Kalashnikov Vitaliy Alekseevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Razrabotka konstruksii seksionnoy seyalki dlya poseva semyan pshenisi v mejduryad`ya xlopchatnika i obosnovanie parametrov», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2926.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamarasulova Maniraxon Tursunboevna texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: «Namangan muxandislik texnologiya instituti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za qator oralariga egatlar profilidan kelib chiqqan holda bug‘doy urug‘ini ko‘p qatorlab ekuvchi seksiyali seyalkaning konstruksiyasini ishlab chiqish va uning asosiy ish organlari parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish hamda sarf harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘doy urug‘ini g‘o‘za qator oralariga ekuvchi seyalkaning sirpanchig‘iga o‘rnatilgan ankersimon va suyri shaklli ekkich parametrlari asoslangan;
bug‘doy urug‘ini g‘o‘za qator oralariga ekishda seyalka ish organining parametrlarini va ekkichning qarshilik kuchini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar uning tuproqqa botish chuqurligi va tuproqning fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda olingan;
sirpang‘ich va unga o‘rnatilgan ekkichlarning optimal parametrlari ularga ta’sir etadigan qarshilik kuchlari asosida aniqlangan;
bug‘doy urug‘ini g‘o‘za qator oralariga ekadigan seksiyali seyalkaning sirpang‘ichli ekkichining g‘o‘za qator oralarining murakkab profiliga mos keladigan konstruktiv parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za qator oralariga egatlar profilidan kelib chiqqan holda bug‘doy urug‘ini ko‘p qatorlab ekuvchi seksiyali seyalkaning sharnir–sirpang‘ichli ekkich parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tavsiya etilayotgan sharnir–sirpang‘ichli ekkich (№ FAP 01846) bilan jihozlangan seksiyali seyalkaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 iyun №06/34-05/3097-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga egatlar profiliga mos holda bug‘doy urug‘ini ko‘p qatorlab ekuvchi seksiyali seyalka yaratilgan;
tavsiya etilayotgan sharnir–sirpang‘ichli ekkich bilan jihozlangan seksiyali seyalka Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Kelajak sardobasi” va “Oqtepa unumli erlari”, Oltinko‘l tumanidagi “Safarobod tong yulduzi” va “Safarobod barakasi” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq    xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 iyun №06/34-05/3097-son ma’lumotnomasi). Natijada sharnir–sirpang‘ichli ekkich bilan jihozlangan seksiyali seyalka yordamida g‘o‘za qator oralariga bug‘doy urug‘ini ko‘p qatorlab ekishda energiya va resurs sarflarini 20–25 % ga kamaygan;
ishlab chiqilgan bug‘doy urug‘ini ko‘p qatorlab ekuvchi seksiyali seyalkaning sanoat nusxalarini tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “ANDIJANTEXMASh” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 iyun №06/34-05/3097-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan sharnir–sirpang‘ichli ekkich bilan jihozlangan seksiyali seyalkani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish