Abdurazaqov Mirzoxid Abduraxmonxujaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rezina chiqindilaridan mayda zarrali kukun olish texnologiyasi va ular asosida asfal`tobeton yo‘llarini qoplash uchun kompozision materiallarning samarali tarkibini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3802.
Ilmiy rahbar: Soliev Rustam Xakimjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Dehqonboy Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezina chiqindilaridan mayda zarrali kukun olish texnologiyasi va ular asosida asfal`tobeton yo‘llarini qoplash uchun kompozision materiallarning samarali tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori yumshash haroratiga va fizik-kimyoviy xossalari yaxshilangan bitum-polimer kompozisiyalari asosida kompozision asfalt-beton materiallarini optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan kompozision asfalt-beton materiallarni ishlab chiqishda tarkib-tuzilish-xossalari orasida o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
bitum strukturasiga mayda dispers rezina kukunlari va boshqa mineral ingredientlarni kiritish, ishlab chiqilgan asfalt-beton materiallari va ular asosidagi qoplamalarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini sezilarli darajada oshirishi asoslangan;
yo‘l qurilishi sanoati ehtiyojlari uchun modifikatsiyalangan kompozision asfalt-beton materiallari va ular asosida yo‘l qoplamalarini ishlab chiqarish uchun texnologik reglament ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rezina chiqindilaridan mayda zarrali kukun olish texnologiyasi va ular asosida asfalt-beton yo‘llarini qoplash uchun kompozision materiallarning samarali tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asfalt-beton qoplamalarini olishda ishlatiladigan rezina chiqindilardan mayda kukun olishning ishlab chiqilgan maxsus texnologiyasi Namangan shahar Uychi tumani ABZda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 28 sentyabrdagi 03-3040 - son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi olingan kompozision asfalt-beton qoplamalarining fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, yumshash harorati mayda zarrali rezina kukuni miqdorining ortishi bilan 47 0S dan 90 0S gacha ko‘tarilgan, 25 0S haroratdagi cho‘ziluvchanligini esa 55 sm dan 77 sm gacha oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision asfalt-beton qoplamalar Namangan shaxar Uychi tumani ABZda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023 yil 28 sentyabrdagi 03-3040 - son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llarining yo‘l qoplamalarini samaradorligini mavjud qoplamalarga qaraganda 1,3-1,5 baravar oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish