Masharipova Sharofat Muxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Lyoss-defekat” kompozisiyasi asosida modifikatsiyalangan mineral bog‘lovchi va keramik g‘isht tarkiblarini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4068.
Ilmiy rahbarlar: Babaev Zabibulla Kamilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Baxtiyor Toxtaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sherkuziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va texnogen chiqindilardan foydalanilgan “lyoss-defekat» kompozisiyasi asosida modifikatsiyalangan mineral bog‘lovchi va keramik g‘isht tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy obidalar devorlarining kimyoviy-mineralogik tarkiblari va emirilish sabablari aniqlangan;
lyossimon jinslarni mexanik faolashtirishda ularning texnologik xossalarini yaxshilanishi ko‘rsatilgan, bunda 20 daqiqa yanchish davomida gilsimon va changsimon zarrachalar miqdorining mos ravishda 20,01 % va 61,12 % ga ortishi, qumsimon zarrachalar esa 18,87 %ga kamayishi hamda solishtirma sirt yuzasining 2200 sm2/g ga o‘zgarishi asoslangan;
«lyoss-defekat» kompozisiyasi asosidagi namunalarda yuqori haroratda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar, fazaviy o‘zgarishlar va «tarkib-struktura-dispers-xossa» funksional bog‘liqliklari aniqlangan;
1050°S haroratda lyoss va defekatning 95÷5 mas.% nisbatidagi massadan ta’mirlashda zaruriy texnologik xossalarga ega keramik g‘isht olish mumkinligi asoslangan;
1200°S haroratda lyoss va defekatning 25÷75 mas.% nisbatidagi massadan ta’mirlashga yaroqli, yuqori adgeziya-gidrofob hususiyatli mineral bog‘lovchi olish imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Lyoss-defekat» kompozisiya asosida tarixiy obidalarni ta’mirlashda yaroqli bo‘lgan noorganik mineral bog‘lovchi va keramik g‘isht tarkiblari va olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Lyoss-defekat» kompozisiyasida madaniy obidalarini ta’mirlashda yaroqli bo‘lgan noorganik mineral bog‘lovchi olish va u asosida bog‘lovchi qorishma tayyorlash texnologiyasi «Urganch qurilish materiallari» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 15 iyundagi 05/15-1235-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik hususiyatlari bilan tarixiy qorishmaga o‘xshash ta’mirlash uchun mineral bog‘lovchi qorishma olish imkonini bergan;
«Lyoss-defekat» kompozisiyasi asosida madaniy obidalarini ta’mirlash uchun yaroqli bo‘lgan keramik g‘isht tarkibi va uni olish texnologiyasi «JAYXUN» XKda amaliyotga joriy etilgan («O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 15 iyundagi 05/15-1235-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi ko‘rinishi va texnologik hususiyatlari bilan tarixiy keramik g‘ishtlardan farq qilmaydigan ta’mirlash g‘ishti olishga erishish imkonini bergan.