O‘sarov Xamidillo Saydullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki yo‘naltiruvchi konstruksiyali reaktiv gidroturbinani ishlab chiqish”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2684.
Ilmiy rahbar: Aliev Rayimjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Alinazarov Alisher Xaydaralievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soploli reaktiv gidroturbina ishchi g‘ildiragi uchun ichki yo‘naltiruvchi qurilma ishlab chiqish va energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soploli gidroturbina ishchi g‘ildiragidagi gidravlik qarshiliklarni hisobga olgan holda suv oqimini yo‘naltirib beruvchi silindrik ichki yo‘naltiruvchi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
gidroturbina yo‘naltiruvchi kuraklarning geometrik o‘lchamlariga bog‘liq holda gidroturbina ishchi g‘ildiragiga suvning kirish va chiqishdagi tezligi, siklik chastotasi, aylantiruvchi kuch momenti hamda gidroturbina quvvatini aniqlash imkonini beruvchi ifodalar olingan;
soploli gidroturbinaga ichki yo‘naltiruvchi konstruksiya o‘rnatish orqali ishchi g‘ildirakda suv bosimiga bog‘liq holda yuzaga keladigan gidravlik va mahalliy qarshiliklari bartaraf etilgan;
yo‘naltiruvchi qurilma kuraklarini radial yo‘nalishga nisbatan 1,35 – 1,4 radian burchakka o‘rnatish orqli gidroturbina samaradorligi suv bosimiga bog‘liq holda eng yuqori qiymatlari 78-94% ga erishishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ichki yo‘naltiruvchi qurilmaga ega bo‘lgan reaktiv gidroturbinani ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ichki yo‘naltiruvchi qurilmaga ega bo‘lgan (№ FAP 02226) reaktiv gidravlik turbina Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Xasanboy Xoji barakasi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Andijon viloyati Izboskan tumani Fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 13 sentyabrdagi 30-son maʼlumotnomasi). Natijada, avtonom elektr iste’molchilari uchun yiliga 29,2 MW*h elektroenergiya ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
Andijon GES UK Shahrixon GESK filialiga qarashli Janubiy Farg‘ona kanalidagi gidroinshootga ichki yo‘naltiruvchi qurilmaga ega bo‘lgan soploli reaktiv gidroturbinali mikro-GES qurilmasi joriy etilgan (Oʻzbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 2 fevraldagi 02/027-392-son maʼlumotnomasi). Natijada, avtonom elektr iste’molchilari uchun 1,5m va undan yuqori gidroenergetik salohiyatga ega bo‘lgan suv manbalarida suv bosimiga mos holda 78-94% samaradorlik bilan ishlaydigan gidroturbinalarni ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.