Odilov Sarvar Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirdaryo viloyati suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlash va baholash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B961.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Rashid Anarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Quramboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Buriev Salimjon Samedjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatida suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suvning ifloslanish indekslari asosida Sirdaryo suvining ekologik holati baholangan va sifat o‘zgarishlari asoslangan;
er osti suvlarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, sizot suvlari sathi hamda minerallashuv darajalarining o‘zgarish dinamikasi yillar kesimida aniqlangan;
iqlim omillarining (havo harorati va yog‘ingarchilik) sizot suvlari minerallashuv darajalarining o‘zgarishiga bog‘liqligi ochib berilgan;
GAT texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlarning sizot suvlari minerallashuvi darajasini aks ettiruvchi elektron xaritalar ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan erlardan hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda suvdan qayta foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyati suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sirdaryo daryosi suvi sifati hamda undan foydalanilgan suvning yillar davomida o‘zgarish dinamikasi va suvning ifloslanish indeksi ko‘rsatkichlari yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 03-02/7-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo suvi miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, suvlardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, yashil xududlarni rivojlantirish, hudud suv resurslari holati va sifatiga e’tibor berilgan holda daraxt hamda buta turlarini tanlash imkonini bergan;
viloyat er osti suv resurslarinining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda sug‘oriladigan erlarining sizot suvlari minerallashuv darajasini yuzasidan ishlab chiqilgan elektron xaritalar Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 03-02/7-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv resurslarini ifloslantiruvchi omillarni aniqlash va sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanishini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
sug‘oriladigan erlardan hosil bo‘lgan kollektor-drenaj suvlarining miqdor va sifat o‘zgarishlari asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 03-02/7-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv tanqis bo‘lgan yillarda kam minerallashgan Boyovut va Sho‘ro‘zak zovur suvlaridan ma’lum miqdorda sho‘rga chidamli ekinlarni sug‘orish maqsadida qayta foydalanish imkonini bergan.