Yuldashev Iqboljon Raximovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mehnat shartnomasini o‘zgartirishni huquqiy tartibga solish”, 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu545.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Shuhratjon Abdusaminovich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hamroqulov Bahodir Mamasharifovich, yuridik fanlari doktori; Rahimqulova Lola Ulug‘muradovna, yuridik fanlar bo‘yicha falfasa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mehnat shartnomasini o‘zgartirishni huquqiy tartibga solishda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat shartnomasini o‘zgartirishning asoslari ro‘yxati ishlab chiqilib, ular mehnat shartlarining o‘zgarishi, xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi, ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi, xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi hamda mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishidan iborat ekanligi asoslab berilgan;
ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi xodimning yashash joyiga qaytish imkonini bermaydigan masofada joylashgan hududga ish beruvchining ko‘chishi ekanligi hamda u mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishidan farq qiluvchi tushuncha ekanligi asoslab berilgan;
xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish xodimni bir yil muddatga boshqa ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uning asosida birinchi ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish orqali orqali amalga oshirilishi asoslab berilgan;
ishlab chiqarish zaruriyati hamda bekor turib qolish ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish asoslari ekanligi ko‘rsatib berilgan hamda ularga huquqiy ta’riflar ishlab chiqilgan;
xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini (lavozimi, kasbi, malakasi va mutaxassisligini) o‘zgarishi boshqa ishga o‘tkazish ekanligi asoslantirib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mehnat shartnomasini o‘zgartirishning asoslari ro‘yxati ishlab chiqilib, ular mehnat shartlarining o‘zgarishi, xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi, ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi, xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi hamda mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishidan iborat ekanligi haqidagi taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyati to‘g‘risidagi 2022 yil 24 avgustdagi 12/21-56-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslarining kengaytirilgan ro‘yxatini shakllantirishga va mehnat qonunchiligida aks ettirishga xizmat qilgan;
ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi xodimning yashash joyiga qaytish imkonini bermaydigan masofada joylashgan hududga ish beruvchining ko‘chishi ekanligi hamda u mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishidan farq qiluvchi tushuncha ekanligi haqidagi taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 146-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 18 yanvardagi 04/2-10/5672-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ish beruvchining boshqa hududga ko‘chib o‘tishi mehnat shartnomasini o‘zgartirishning mustaqil asosi sifatida mehnat qonunchiligida aks ettirishga xizmat qilgan;
xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish xodimni bir yil muddatga boshqa ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uning asosida birinchi ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish orqali amalga oshirilishi haqidagi taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
147-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 18 yanvardagi 04/2-10/5672-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish mehnat shartnomasini o‘zgartirishning mustaqil asosi sifatida mehnat qonunchiligida aks ettirish uchun xizmat qilgan;
ishlab chiqarish zaruriyati hamda bekor turib qolish ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish asoslari ekanligi hamda ularga berilgan huquqiy ta’riflar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 18 yanvardagi 04/2-10/5672-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ishlab chiqarish zaruriyati hamda bekor turib qolish tushunchalarini mehnat qonunchiligida aks ettirishga xizmat qilgan;
xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini (lavozimi, kasbi, malakasi va mutaxassisligini) o‘zgarishi boshqa ishga o‘tkazish ekanligi haqidagi takliflar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 138-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonun ijodkorligi faoliyati to‘g‘risidagi 2022 yil 24 avgustdagi 12/21-56-son dalolatnomasi). Ushbu taklif boshqa ishga o‘tkazish tushunchasini mehnat qonunchiligida aks ettirishga xizmat qilgan.