Mamatmusaeva Fotima Shaydullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusli gepatit bilan kasallangan bolalarda biliar tizim o‘zgarishlarining klinik-laborator xususiyatlari», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib245.

Ilmiy rahbar: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: virusli gepatit bilan kasallangan bolalarda biliar tizimni funksional-yallig‘lanishli o‘zgarishlarining klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish va uni muvofiqlashtirish usulini ishlab chiqish.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

A, V va S virusli gepatit o‘tkazgan rekonvalessent bolalarda qonda 5-nukleotidaza fermentining ortishi biliar tizim o‘zgarishlariga xos biokimyoviy marker ekanligi isbotlangan;

A, V va S virusli gepatit o‘tkazgan rekonvalessent bolalarda biliar tizim a’zolarining motor faoliyati tipini va viruslarning o‘t suyuqligi fizik-kimyoviy tarkibini maxsus o‘zgarishiga olib kelishi isbotlangan;

A, V va S virusli gepatit o‘tkazgan rekonvalessent bolalarda biliar tizim o‘zgarishlari mavjud bo‘lganda o‘t suyuqligidagi fosfolipid hamda o‘t kislotalari spektridagi moddalar muvozanatining buzilishi isbotlangan;

A, V va S virusli gepatit o‘tkazgan bolalarda rekonvalessensiya davrida biliar tizim patologiyalari rivojlanishining oldini olishda essensial fosfolipidlar va glisirrizin kislotasining ta’siriga asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Virusli gepatit bilan kasallangan bolalarda biliar tizim o‘zgarishlarining klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘tkir virusli gepatit o‘tkazgan rekonvalessent bolalarda reabilitatsiya qilish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 maydagi 8n-d/98–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘tkir virusli gepatit bilan kasallangan bolalar orasida biliar tizim patologiyalarini erta tashxislash, samarali davolash va reabilitatsiya qilish tizimi tartibini shakllantirish imkonini bergan;

o‘tkir virusli gepatit o‘tkazgan rekonvalessent bolalarda biliar tizim patologiyalarini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish, kasallikning asoratlarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasi va Toshkent shahar Yashnobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 9 yanvardagi 8n-d/91–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikni davolash samaradorligini oshirib, kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish, reabilitatsiya davrini 60 kunga qisqartirish va nogironlikni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish