Xolmuradov Raxmatilla Ne’matillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Uy-joy fondlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusida, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Iqt2669.
Ilmiy rahbari: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hasanov Tohir Abdurashidovich.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun umumiy smeta qiymatining 30 foizini ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari hisobidan jamg‘arish hamda zarur hollarda, uy-joy mulkdorlari hisobidan jamg‘ariladigan mablag‘ning miqdorini qayta ko‘rib chiqish tartibini kiritish orqali uy-joy fondlarini boshqarishni takomillashtirish taklifi asoslangan;
uy-joy fondini boshqaruvchi kompaniyalar bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha shartnomani qayta tuzish yoki vakolat muddatini uzaytirish borasidagi yakuniy xulosada uy-joy mulk egalari tomonidan interaktiv servis xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati va sifati ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriluvchi “boshqarishning maqbulligi darajasi”ni e’tiborga olish taklifi asoslangan;
Toshkent shahrida aholi soni hamda uning uy-joy kommunal xizmatlariga ehtiyojining oshib borishi sharoitida uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari daromadlari va xarajatlarining o‘zgarish dinamikasiga yillik inflatsiya ko‘rsatkichlarining ta’sirini hisoblash orqali boshqaruv kompaniyalari iqtisodiy faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
boshqaruvchi kompaniyalarga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish vakolatini taqdim etishda mazkur toifadagi tashkilotlar bo‘yicha shakllantirilgan yagona statistik ma’lumotlar yordamida ularning faoliyat reytingini aniqlash hamda reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi kompaniyalarni tanlov asosida jalb qilish taklifi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun umumiy smeta qiymatining 30 foizini ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari hisobidan jamg‘arish hamda zarur hollarda, uy-joy mulkdorlari hisobidan jamg‘ariladigan mablag‘ning miqdorini qayta ko‘rib chiqish tartibini kiritish orqali uy-joy fondlarini boshqarishni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qarorining 1-ilovasi «Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-noyabrdagi 07/31-51-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun uy-joy mulkdorlari hisobidan mablag‘ jamg‘arish tartibini takomillashtirish orqali uy-joy fondlarini boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
uy-joy fondini boshqaruvchi kompaniyalar bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha shartnomani qayta tuzish yoki vakolat muddatini uzaytirish borasidagi yakuniy xulosada uy-joy mulk egalari tomonidan interaktiv servis xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati va sifati ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriluvchi «boshqarishning maqbulligi darajasi»ni e’tiborga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qarorining 1-ilovasi “Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2023-yil 4-noyabrdagi 07/31-51-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy fondini boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan aholidan tushayotgan murojaatlar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida va sifatli bartaraf etish natijasida uy-joy fondlarini boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Toshkent shahrida aholi soni hamda uning uy-joy kommunal xizmatlariga ehtiyojining oshib borishi sharoitida uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari daromadlari va xarajatlarining o‘zgarish dinamikasiga yillik inflatsiya ko‘rsatkichlarining ta’sirini hisoblash orqali boshqaruv kompaniyalari iqtisodiy faoliyatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p xonadonli uylardagi joylar mulkdorlarining majburiy badallari va to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash va ularni ko‘p xonadonli uylarni boshqarishda qo‘llashda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2023-yil 4-noyabrdagi 07/31-51-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent shahrida aholi soni hamda uning uy-joy kommunal xizmatlariga ehtiyojining oshib borishi sharoitida uzoq muddatli istiqbolda uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari daromadlari va xarajatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
boshqaruvchi kompaniyalarga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish vakolatini taqdim etishda mazkur toifadagi tashkilotlar bo‘yicha shakllantirilgan yagona statistik ma’lumotlar yordamida ularning faoliyat reytingini aniqlash hamda reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi kompaniyalarni tanlov asosida jalb qilish taklifi O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan murojaatlarni tegishli boshqarish organiga yuborish choralarini ko‘rish va ularning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2023-yil 4-noyabrdagi 07/31-51-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy mulkdorlari boshqarish kompaniyalarining boshqaruvida bo‘lgan ko‘p xonadonli uylarni boshqarish uchun reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilish va samarali hamkorlik qilish uchun tashkil qilingan «Xalq nazorati» interaktiv servis xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarni onlayn monitoring qilish hamda kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish