Axmedov Baxtiyor Maxammadjonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bodringni ba’zi noqulay tashqi muhit omillariga bardoshli va qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan partenokarpik duragaylarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Qx897.
Ilmiy rahbar: Yunusov Salohiddin Adxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: bodringning “Elegant F1” duragayi (NAP 00375).
II. Tadqiqotning maqsadi: Bodringni xorijiy va mahalliy navlarini chatishtirish yo‘li bilan ochiq va himoyalangan maydonlar uchun mos qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan partenokarpik geterozis duragaylarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bodringning xorijdan keltirilgan partenokarpik duragaylari mahalliy Marg‘ilon 822 navi bilan chatishtirilib, ular asosida 8 ta duragay kombinatsiyalar (GVS-2001, GVS-2002, GVS-2003, GVS-2004, GVS-2005, GVS-2006, GVS-2007 va GVS-2008) olingan;
duragay kombinatsiyalar ichidan qimmatli xo‘jalik belgilariga ega kasalliklarga bardoshli, partenokarpiya xususiyatini o‘suv davrining oxirigacha saqlab tura oladigan yangi duragaylar (GVS-2001, GVS-2004, GVS-2005, GVS-2007) aniqlangan;
tanlab olingan yangi duragaylarni qayta chatishtirishlar natijasida barcha qimmatli xo‘jalik belgilari bilan ota-ona shakllaridan ustun bo‘lgan Chempion F1 partenokarpik geterozis duragayi yaratilgan;
seleksiya ishining keyingi bosqichlarida (onalik ♀) CBY-910687X (otalik ♂) Marg‘ilon 822 kombinatsiyasidan hosil bo‘lgan GVS-2005 yangi duragayini Chempion F1 duragayi bilan chatishtirish natijasida Elegant F1 partenokarpik geterozis duragayi yaratilgan. Ota-ona shakllariga nisbatan hosildorlik bo‘yicha ustunlik darajasi 2,7-4,4 kg/m2 va geterozislik xususiyati (hp) 4,2 ga teng bo‘lganligi isbotlangan;
bodringning madaniy Cucumis sativus L turiga mansub ertapishar, yuqori sifatli va hosilli, kasalliklarga chidamli, ochiq va himoyalangan maydonlar uchun mos «Elegant F1» duragayi yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bodringning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan partenokarpik geterozis duragaylarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
bodringning xorijiy duragay namunalari va mahalliy navlarni chatishtirish yo‘li bilan ochiq va himoyalangan maydonlar uchun mos, ertapishar (39-40 kun), o‘simlikda onalik gullari ko‘p (95%), hosil berish davri uzoq (98-100 kun), hosildorligi 24,2-24,8 kg/m2, un shudring va soxta un shudring kasalliklariga bardoshli (80-85%) bo‘lgan «Elegant F1» duragayi yaratilgan. «Elegant F1» duragayiga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00375). Davlat reestiriga kiritilgan «Elegant F1» bodring duragayi Jizzax viloyatida 0,8 gektar ochiq maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 iyundagi №02/33-04/4073-son ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq maydonda o‘rtacha 514,0 s/ga hosil olinib, 77,1 mln. so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
bodiringni «Elegant F1» duragayi Namangan viloyatida 0,9 gektar issiqxonaga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 iyundagi №02/33-04/4073-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqxonada o‘rtacha 24,7 kg/m2 hosil olinib, 483 mln. so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
bodringning madaniy Cucumis sativus L turiga mansub ertapishar, yuqori sifatli va hosilli, kasalliklarga chidamli, ochiq va himoyalangan maydonlar uchun mos «Elegant F1» duragayi Andijon viloyatida 1,5 gektar issiqxona va 0,3 gektar ochiq maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 iyundagi №02/33-04/4073-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqxonada o‘rtacha 25,3 kg/m2 hosil olinib, 508 mln. so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan va 0,3 gektar ochiq maydonga ekilib, o‘rtacha 304 s/ga hosil olinib, 61,3 mln. so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.