Nuriddinov A’zamjon Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompleks polimer bog‘lovchi asosida olingan kam qatnovli yo‘llarbop rangli asfalt-beton xossalarini tadqiq qilish”, 05.09.05-“Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3774
Ilmiy rahbar: Kasimov Ibroxim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Kamilov Xabibulla Xamidovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullaev Muxitdin Mirsadulloevich.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft polimer smolasi va modifikatorlardan foydalangan holda shaffof kompleks polimer bog‘lovchi tarkiblarini ishlab chiqish, unlarning asosida olingan rangli asfalt-beton xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
neft polimer smolasi, sanoat moyi, kauchuk, etilenvinilatsetat va ikkilamchi polietilendan foydalangan holda shaffof kompleks polimer bog‘lovchi material olish eksperimental sinov natijalari orqali asoslangan;
ishlab chiqilgan shaffof kompleks polimer bog‘lovchilarning xossalarini an’anaviy yo‘lbop neft bitumi xossalari bilan solishtirish orqali uning yo‘lbop neft bitumlariga qo‘yiladigan talablarga mosligi isbotlangan;
matematik modellashtirish yordamida optimal tarkibdagi kompleks polimer bog‘lovchi va u asosidagi rangli asfalt-betonning xossalari, anʻanaviy asfalt-beton xossalaridan yuqoriligi asoslangan;
keskin kontinental iqlim sharoiti uchun rangli-asfalt betonning fizik-mexanik xossalarini boshqarishga polimer bog‘lovchi tarkibidagi kauchuk va ikkilamchi polietilen komponentlarining optimal miqdorini aniqlash orqali erishilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kompleks polimer bog‘lovchi asosida kam qatnovli yo‘llarbop rangli asfalt-beton xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan kompleks polimer bog'lochi asosida olingan rangli asfalt-betonning fizik-mexanik xossalarini “GRAND ROAD TOShKENT” MChJ ga qarashli sinov laboratoriyasida an'anaviy bitum asosidagi asfalt-betonga nisbatan xossalarini yaxshilashga erishilgan, jumladan 50° C dagi siqilishga bo'lgan mustahkamligini 108-110 foizga oshirishga suv shimuvchanligini esa 6-8 foizga kamaytirishga erishilgan. Mustahkamlikning yuqori ko'rsatkichi tufayli kam qatnovli yo'llarda qo'llaniladigan qoplamaning qalinligini kamaytirish mumkinligi aniqlangan (№1A/2023 04.05.2023 raqamli sinov dalolatnomasi).
Polimer bog'lovchi asosidagi rangli asfalt-beton qoplamaning O'zbekiston sharoitida issiq iqlim ta'siridagi yumshash haroratini 47° C dan 51° C ga oshirilgan, ya’ni 1,1 martaga yaxshilangan. Ishlab chiqilgan bog'lovchi asosida "Uychi tuman Mevazor qishlog'i asfalt-beton sexi"da yangi turdagi mayda donali zich B tipdagi rangli asfalt-betonning eksperimental partiyasi (500 kg) ishlab chiqilgan va Uychi tumani ichki yo'llarini qoplashda foydalanilgan (2023-yil 4-apreldagi dalolatnomasi).
“O‘ZSANOATQURILIShMATERIALLARI” uyushmasi tomonidan “Kompleks polimer bog‘lovchi asosida olingan kam qatnovli yo‘llarbop rangli asfalt-beton xossalarini tadqiq qilish” mavzusida tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha (2023-yil 11-maydagi 05/15-1018-sonli) maʻlumotnoma bilan tasdiqlangan.