Abdurazzakova Shohista Mahmudbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizmni rivojlantirishda investisiyalardan foydalanishni takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.17– Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.3.PhD/Iqt469.
Ilmiy rahbar: Abidova Dilfuza Igamberdievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda investisiyalar jalb qilishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy, etnik va millatlararo munosabatlar omillaridan uyg‘un holda foydalanish imkonini beruvchi “Nemis mennionitlari” etnografik turizm qishlog‘ini barpo etishga yo‘naltirilgan investision loyihasini ishga tushirish taklifi asoslangan;
Xiva tumanidagi “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonasiga erkin turistik zona maqomini berish orqali mavjud ichki turizm salohiyatini tashqi turizm imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘chirish asosida investision loyihalar samaradorligini oshirish asoslangan;
Xorazm viloyati turizm sohasini rivojlantirishda yangi investisiyalar jalb qilish yo‘nalishlari tarkibini mintaqa tuman va shaharlari, Amudaryo sohil bo‘ylari, cho‘l zonalari, baliqchilik fermalari hamda viloyatning tarixiy-madaniy salohiyatidan foydalanish hisobiga diversifikatsiyalash taklifi asoslangan;
Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan turistlar oqimi, joylashtirish vositalari, sayyohlik tashkilotlari soni hamda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi asosida investisiyalar jalb qilishning
2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda investisiyalar jalb qilishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy, etnik va millatlararo munosabatlar omillaridan uyg‘un holda foydalanish imkonini beruvchi “Nemis mennionitlari” etnografik turizm qishlog‘ini barpo etishga yo‘naltirilgan investision loyihasini ishga tushirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining va Xorazm viloyati hokimligining yo‘l xaritalari hamda dasturlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil
27-iyuldagi 04-18/3751-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida hududlarda turizm sohasini rivojlantirish uchun investision loyihalarning yangi yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
Xiva tumanidagi “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonasiga erkin turistik zona maqomini berish orqali mavjud ichki turizm salohiyatini tashqi turizm imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘chirish asosida investision loyihalar samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi 119-sonli “2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 04-18/3751-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida Urganch va Xiva shaharlarida kichik turizm zonalari tashkil qilish loyihalari ishlab chiqilgan hamda mamlakatimizda imtiyozli asosda tashkil etilgan ichki turizmning jadal rivojlanishi mexanizmlarini belgilashda foydalanilgan;
Xorazm viloyati turizm sohasini rivojlantirishda yangi investisiyalar jalb qilish yo‘nalishlari tarkibini mintaqa tuman va shaharlari, Amudaryo sohil bo‘ylari, cho‘l zonalari, baliqchilik fermalari hamda viloyatning tarixiy-madaniy salohiyatidan foydalanish hisobiga diversifikatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
14-iyuldagi 369-sonli “Xorazm viloyatini turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 04-18/3751-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilish natijasida viloyatda yangi turistik marshrutlar ishlab chiqish, hududda turizm sohasini rivojlantirish va faol investisiyalar yo‘naltirishga imkon yaratilgan;
Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan turistlar oqimi, joylashtirish vositalari, sayyohlik tashkilotlari soni hamda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi asosida investisiyalar jalb qilishning
2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasida, ya'ni “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”da turizm sohasiga investisiya jalb qilishni takomillashtirishning 2025-yilgacha bo‘lgan dasturini tuzishda va uni amalga oshirish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 04-18/3751-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga, uning infratuzilmasini takomillashtirishga, turizm xizmatlari sifatini oshirish imkoni yaratilgan.