Ismoilov Jasur Mardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prenatal ontogenezda va bolalardagi o‘pka patologiyasida bronxlardagi bezlar o‘zgarishining morfofunksional xususiyatlari», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1479 .
Ilmiy rahbar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: «Slupsk Pomeron Universiteti» (Pol`sha)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pre - va postnatal ontogenezda hamda o‘pka patologiyasida bronxial bezlardagi strukturaviy o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pre - va postnatal ontogenez davrida laboratoriya hayvonlarda bronxial bezlarning morfologik yoshga doir hosil bo‘lishi, ularni rivojlanishi va takomillashib borishi xususiyatlari borligi aniqlangan;
laboratoriya hayvonlarda eksperimental pnevmoniyani modellashtirishdan keyin bronxial bezlarda yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlari natijasida mukotsiliar klirensda ularni o‘rni aniqlangan;
ilk marotaba respirator distress sindromining turli shakllaridan vafot etgan chaqaloqlarda bronxial bezlarda yuzaga keladigan asosiy morfologik o‘zgarishlar chaqaloqlarni yashagan muddatlariga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
ilk marta pnevmoniya va bronxoektatik kasalliklardagi bolalarda bronxial bezlarni miqdorining ko‘payishi bilan birga ularda yuzaga keladigan gipertrofik, kistozli morfologik belgilari va funksional aktivligini ortib borishi kabi o‘zgarishlar borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prenatal ontogenezda va bolalardagi o‘pka patologiyasida bronxlardagi bezlar o‘zgarishining morfofunksional xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha Samarqand Davlat tibbiyot Universitetining 2023 yildagi 24 avgustdagi 46 son xulosasiga ko‘ra:
pre - va postnatal ontogenez davrida bronx devoridagi bronxial bezlarning morfologik yoshga doir xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni oydinlashtirishi tufayli, ular tomonidan ishlab chiqaradigan bronxial sekresiyani o‘rni isbotlangan va Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 17 martdagi 17-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2023 yilning 17 martadagi 4/1-T-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi morfologiya va pulmonologiya sohalarida ilk marotaba prenatal ontogenezda bronx devori shilliq va shilliq osti qavati tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali bolalardagi nafas olish tizimi kasalliklarida ularni o‘rni va ahamiyati asoslangan hamda bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: prenatal ontogenezda bronx devori shilliq va shilliq osti qavati tuzilmalari o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik javob reaksiyasining holatini bashorat qilish orqali sarf xarajatlarga byudjetdan tashqari mablag‘lardan 118000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Bronx devori shilliq va shilliq osti qavatlar o‘rtasidagi morfofunksional bog‘liqlik javob reaksiyasining holatini bashoratlashga sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 118000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ilk marta eksperimental pnevmoniyani modellashtirishdan keyin bronx devori shilliq va shilliq osti qavatlari hamda asosiy o‘rganish bo‘lgan bronxial bezlarda yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar va prenatal ontogenezning turli bosqichlari, tug‘ilishdan keyin morfofunksional o‘zgarishlarini taqqoslash orqali ularni o‘rni isbotlangan va Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 17 martdagi 17-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2023 yilning 17 martadagi 4/1-T-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash taktikasi birinchi marta eksperimental pnevmoniya rivojlanish dinamikasida bronx devori shilliq qavati struktur komponetlari, shilliq osti qavatidagi bronxial bezlar va boshqa tuzilmalari o‘rtasida morfofunksional munosabatlar mavjudligi inobatga olgan holda pnevmoniya kasalligini rivojlanish dinamikasi baholash orqali erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kasallikni rivojlanish dinamikasini tahlil qilish uchun gistokimyoviy usulning alsian ko‘ki bo‘yash orqali pnevmoniya kasalligini kelib chiqish muddatini bronx devori shilliq osti qavatida joylashgan bronxial bezlardagi morfofunksional o‘zgarishlarini baholash natijasida byudjet mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 118000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: Ushbu xolatda aytib o‘tilgan tashxislash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni 118000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
respirator distress sindromining turli shakllaridan vafot etgan chaqaloqlarda bronxial bezlardagi asosiy morfofunksional o‘zgarishlari isbotlangan va Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 17 martdagi 17-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2023 yilning 17 martadagi 4/1-T-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tratibi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gistokimyoviy usulning alsian ko‘ki bilan bo‘yash orqali bronxial sekresiyaga baho berib ushbu kasallikni tashxislash hamda pulmonolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tashxislashda gistokimyoviy usuldan foydalanib tashxislash uchun byudjet mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis uchun 118000 so‘mga, ushbu usul orqali shu kasallikdagi bemorlarga qo‘shimcha ravishda o‘tkaziladigan balg‘amni tekshirish usulini o‘tkazilmaslik ya’ni yuqoridagi bizni usulni qo‘llash natijasida qo‘shimcha ravishda yana byudjet mablag‘lar hisobidan 1 bitta bemor uchun 56300 so‘mga, hamda ushbu kasallik bilan davolanayotgan bemorlarga 1 kunlik yaqin qarindoshlari uni parvarish qilish uchun alohida o‘rin bilan ta’minlashda byudjet mablag‘lar hisobidan ajratiladigan 40006 so‘mga samarali tashxis qo‘yish va shunga asoslanib davo choralarini olib borish orqali iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni respirator distress sindromining turli shakllarini tashxislashda gistokimyoviy usulning alsian ko‘kidan foydalanganda byudjet mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis va kasalxonaga bemorni yaqin qarindoshlarini o‘rin bilan ta’minlash uchun sarflanadigan 214306 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
bolalarda pnevmoniya va bronxoektaziyadagi bronxial bezlarning morfologik va funksional o‘zgarishlari isbotlangan va Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi Patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 17 martdagi 17-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2023 yilning 17 martadagi 4/1-T-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash tartibi pnevmoniya va bronxoektatik kasalliklarida gistokimyoviy usulning alsian ko‘ki bilan bo‘yash orqali bronxial sekresiyaga baho berib ushbu kasallikni tashxislash hamda pulmonolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: pnevmoniya va bronxoektaziyalarni tashxislashda gistokimyoviy usuldan foydalanib tashxislash uchun byudjet mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis uchun 118000 so‘mga, ushbu usul orqali shu kasallikdagi bemorlarga qo‘shimcha ravishda o‘tkaziladigan balg‘amni tekshirish usulini o‘tkazilmaslik hisobidan 1 bitta bemor uchun 56300 so‘mga, bronxoektaziyalar uchun qo‘shimcha ravishda o‘tkaziladigan immunolog ko‘rigi o‘tkazilmasligi uchun 29200 so‘mga, hamda ushbu kasallik bilan davolanayotgan bemorlarga 1 kunlik yaqin qarindoshlari uni parvarish qilish uchun alohida o‘rin bilan ta’minlashda byudjet mablag‘lar hisobidan ajratiladigan 40006 so‘mga samarali tashxis qo‘yish va shunga asoslanib davo choralarini olib borish orqali iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: pnevmoniya va bronxoektaziyalarni tashxislashda gistokimyoviy usulning alsian ko‘kidan foydalanganda byudjet mablag‘lar hisobidan 1 bitta tashxis va kasalxonaga bemorni yaqin qarindoshlarini o‘rin bilan ta’minlash uchun, hamda qo‘shimcha mutaxassislarni ko‘rigida sarflanadigan 243506 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
J.M.Ismoilovning «Prenatal ontogenezda va bolalardagi o‘pka patologiyasida bronxlardagi bezlar o‘zgarishining morfofunksional xususiyatlari» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot Universitetining 2023 yildagi 15 avgustdagi 9494-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.