Halilova Lola Mehriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyati chiqindi suvlari tarkibidagi Co(II), Ni(II) ionlarini aniqlashning yangi usullarini ishlab chiqish va monitoringini o‘tkazish», 02.00.02 - Analitik kimyo, 03.00.10 - Ekologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K619.
Ilmiy rahbarlar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Oʻzbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yaxshieva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor; Azimova Dilbar Ortiqovna, biologiya fanlari nomzodi,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmasevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati chiqindi suvlari tarkibidagi Co(II) va Ni(II) ionlarini immobillangan organik reagentlar bilan sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda tabiiy va oqova suvlarda monitoringini o‘tkazish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kobalt(II) va nikel(II) ionlarini aniqlashda 4-((2-gidroksi-3-nitrozo-1-naftil)azo) benzo sulfo kislota hamda 1-(2-pridilazo)-2oksinaftalin-6-sulfokislotaning natriyli tuzi analitik reagent sifatida tanlangan va ularni tashuvchilarga immobillashning optimal sharoitlari aniqlangan;
kobalt(II) va nikel(II)) ionlarini 1-(2-pridilazo)-2oksinaftalin-6-sulfokislotaning natriyli tuzi va 4-((2-gidroksi-3-nitrozo-1-naftil)azo) benzo sulfo kislota reagentlari bilan kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari topilgan (pH=2,5 Ni(II) ioni uchun, pH=3 Co (II) ioni uchun);
kobalt(II) va nikel(II) ionlarini immobillangan 4-((2-gidroksi-3-nitrozo-1-naftil)azo) benzo sulfo kislota va 1-(2-pridilazo)-2oksinaftalin-6-sulfokislotaning natriyli tuzi reagentlari bilan hosil qilgan komplekslarining mol nisbatlari 1:1 va muvozanat konstantalari Ni(II) ioni uchun K=3,42*109 va Co(II) ioni uchun K =4,08*1011 ekanligi aniqlangan, bu esa komplekslarning barqaror ekanligini isbotlagan;
kobalt(II) va nikel(II) ionlari uchun yangi, sezgir, ekspress bo‘lgan sorbsion-spektroskopik aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
kobalt(II) va nikel(II)ionlarining atrof-muhitdagi ta’siri o‘simliklar (bug‘doy va jo‘xori) misolida isbotlangan;
Navoiy viloyati tabiiy va oqova suvlarda Co(II) va Ni(II) ionlarini miqdorlari monitoring o‘tkazilgan hamda ekologik baho berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Co(II) va Ni(II) ionlarini sanoat oqava suvlari tarkibidan aniqlash va tozalashning yangi sorbsion-spektroskopik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida::
Navoiazot AJ ning markaziy laboratoriya sinab ko‘rilgan va Co(II) hamda Ni(II) tutgan oqova suv tahliliga tavsiya etilgan. («Navoiazot» AJ ning 2021 yil 19-iyuldagi 01-8/5295-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usul turli na’munalardan kobalt va nikel ionlarini yuqori sezgirlik va tezkorlik bilan aniqlash imkonini bergan;
4-((2-gidroksi-3-nitrozo-1-naftil)azo) benzo sulfo kislota va 1-(2-pridilazo)-2oksinaftalin-6-sulfokislotaning natriyli tuzi reagentlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga sinab ko‘rilgan hamda tavsiya qilingan. («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2022 yil 6-dekabr 23.01-01-07/805 -son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usul oqava suvlar tarkibidagi kobalt va nikel ionlarini aniqlash hamda samarali tozalash imkonini bergan.