Yoqubov Oybek Maxmujon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Vanyukov pechida konverter shlaklarni qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3664.
Ilmiy rahbar: Muxametdjanova Shoira Abdusamatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlar doktori, professor; Abduraxmanov Soyib Abduraxmonovich, texnika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vanyukov pechida konverter shlaklarni qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
misni pirometallurgik ishlab chiqarishda temir silikat eritmasiga kal`siy oksidini qo‘shganda metal oksidlarining optimal kimyoviy tarkibi va shlak tarkibidagi misning miqdori aniqlangan;
Vanyukov pechidan chang chiqishini kamaytirish va konvertor shlakidan mis, oltin va kumush ajratib olishni oshirish maqsadida +5 mm dan -10 mm gacha fraksiyali klinker yordamida konverter shlakining ortiqcha magnetitini vyustitgacha tiklashlanishi asoslangan;
klinker yordamida temir silikatli shlak eritmasidagi uch valentli temir oksidini tiklash jarayonida chiqindi shlakidagi magnetit miqdorini 55% ga va shlakdagi mis miqdorini 2,2 % dan 0,54 % gacha kamayishi aniqlangan;
misni pirometallurgik usulda Vanyukov pechida ishlab chiqarishda tiklangan konverter shlaklarini qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mis ishlab chiqarish sanoatining tiklangan konverter shlaklarni Vanyukov pechida Mis ishlab chiqarish sanoatining tiklangan konverter shlaklarni Vanyukov pechida qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tiklangan konvreter shlakini Vanyukov pechida qayta ishlashning texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJning mis eritish zavodida joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 27 fevraldagi 02-23/01-0287-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konverter shlaki tarkibida misning miqdorini 2,2-3,5% dan 0,58-0,72% gacha kamaytirish imkonini bergan;
Vanyukov pechida konverter shlakini qayta ishlashda “OKMK” AJ ORZ ning klinker texnogen chiqindisi tiklovchi, xom ashyo va issiqlik almashuvchi vosita sifatida foydalanish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ MEZ MS da joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 27 fevraldagi  02-23/01-0287-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tiklovchi va xomashyo sifatida texnogen chiqindi klikerdan foydalanib, rangli va qimmatbaho metallar, jumladan mis, oltin, kumush kabi metallarni 95% gacha olish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish