Abdulxaev Tolibjon Dolimjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ion almashinish usulida olingan ammoniy va kumush rusumidagi mikrog‘ovakli pentasil tipidagi seolitlarining adsorbsion va termodinamik xususiyatlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/K169.
Ilmiy maslahatchi: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdukamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: NH4+ va AgZSM-5 rusumidagi seolitlarda turli tabiatdagi molekulalar adsorbsiyasining asosiy termodinamik xususiyatlari, izotermasi hamda mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NH4ZSM-5 seolitida vodorod sul`fid, metilmerkaptan, trietilamin, AgZSM-5 seolitda suv, n-geksan, metanol, etanol, benzol, ortoksilol adsorbsiyasining asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) va izotermasi olingan hamda adsorbsiya izotermasi mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasining (MHTN) matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
ZSM-5 seolitining sorbsion va asosiy termodinamik tavsiflari kation va adsorbat turiga bog‘liqligi aniqlangan;
NH4ZSM-5 seolitida vodorod sul`fid molekulalari ammoniy kationlari bilan geptamer 7H2S/NH4+ holatdagi ion-molekulyar kompleks hosil bo‘lishi va har bir elementar yacheykadagi kationlarga o‘rtacha 12H2S/e.ya. to‘g‘ri kelishi isbotlangan;
trietilamin molekulalarining NH4ZSM-5 seolitida adsorbsiya differensial` issiqligi o‘zgarishi seolit tarkibidagi ammoniy kationi miqdori (0,3 mmol`/g)ga bog‘liqligi aniqlangan;
Ag+ kationlari suv molekulalari bilan nanomer 9N2O/Ag+, yuqori sorbsion ental`piya qiymati tetramer 4N2O/Ag+ ion-molekulyar komleksga mos kelishi va har bir elementar yacheykadagi kationlarga o‘rtacha 15H2O/e.ya. to‘g‘ri kelishi isbotlangan;
metanol va etanol molekulalari kumush kationlari bilan mos ravishda pentamer 5SN3ON/Ag+ (8,5SN3ON/e.ya.) va tetramer 4S2N5ON/Ag+ (7S2N5ON/e.ya.) ion-molekuyar komplekslarini hosil qilishi aniqlangan;  
n-geksan kumush kationlari bilan pentamer 5S5N12/Ag+ kompleks hosil qilishi, adsorbsiya izotermasining va asosiy termodinamik tavsiflar (N, G va S) maksimum qiymatlari molekula/kation bog‘lanishining 1,5 mmol`/g adsorbsiya miqdorigacha mos kelishi isbotlangan;
benzol molekulalari ZSM-5 seolitining kumush kationlari bilan trimer 3S6N6/Ag+ (5S6N6/e.ya.) ion-molekulyar kompleks hosil qilishi aniqlangan;
o-ksilol molekulalari kumush kationlari bilan dimer 2S8N10/Ag+ (3,5S8N10/e.ya.) kompleks, mono 1S8N10/Ag+ kompleksi yuqori energetik 90 kJ/mol` qiymatda adsorbsiyalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida adsorbsiyaning asosiy termodinamik (N, G va S) tavsiflari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
AgZSM-5 rusumidagi seolitlar analoglari bilan gazni suvdan tozalash usuli «O'ZLITINEFTGAZ» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 7 avgustdagi 05-18-8/623-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz tarkibidagi suv molekulalaridan tozalash darajasini 2,9 mg/l dan 1,21 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
ZSM-5 rusumidagi seolitlar analoglari bilan  gazni metilmerkaptan molekulalaridan tozalash usuli «O'ZLITINEFTGAZ» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 7 avgustdagi 05-18-8/623-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz tarkibidagi metilmerkaptan molekulalaridan tozalash darajasini 0,8954 mg/l dan 0,00022 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
AgZSM-5 rusumidagi seolitlar analoglari bilan gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash usuli «O'ZLITINEFTGAZ» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 7 avgustdagi 05-18-8/623-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz tarkibidagi vodorod sul`fid molekulalaridan tozalash darajasini 2,9 mg/l dan 0,0032 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
ZSM-5 rusumidagi seolitlar analoglari bilan neft` mahsulotlari tarkibidagi qo‘shimcha vodorod sul`fid va  metil sul`fid birikmalaridan, shuningdek metilmerkaptan va etilmerkaptandan tozalash usuli «Farg‘ona NQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 04 sentyabrdagi 01-02/2000-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft tarkibidagi vodorod sul`fid molekulalaridan 98%, metilmerkaptan va etilmerkaptan molekulalaridan 93% gacha tozalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish