Xudaykulov Feruzbek Xurramovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat tarkibi obektiv tomonining nazariy va amaliy jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Yu185.
Ilmiy maslahatchi: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat tarkibi obektiv tomonining nazariy va amaliy jihatlarini kompleks o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimini topish, Jinoyat kodeksi tegishli normalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
JKga o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish uchun javobgarlik belgilangan 1281-moddani kiritish zarurligi asoslantirilgan;
JKni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish uchun javobgarlik belgilangan 2021-modda bilan to‘ldirish lozimligi asoslantirilgan;
JKni sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish uchun javobgarlik belgilangan 2321-modda bilan to‘ldirish haqidagi taklif asoslab berilgan;
JKga insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash uchun javobgarlik belgilangan 1151-moddasini kiritish zarurligi asoslantirilgan;
JKni inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi uchun javobgarlik belgilangan 1331-moddasi bilan to‘ldirish haqidagi taklif asoslantirilgan;
JKga insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish uchun javobgarlik belgilangan 1332-moddani kiritish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat tarkibi obektiv tomonining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
JKni o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish uchun javobgarlik belgilangan 1281-moddasi bilan to‘ldirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi O‘RQ–673-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 06/1-05/1445-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 25-avgustdagi 06/13/45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sud amaliyotida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilishga to‘g‘ri huquqiy baho berilishiga, adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan;
JKni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish uchun javobgarlik belgilangan 2021-modda bilan to‘ldirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ–711-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 06/1-05/1445-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 25-avgustdagi 06/13/45-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishni oldini olish va aybdor qilmishini sodir etganlik uchun javobgarlik belgilashga xizmat qilgan;
sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish uchun javobgarlik belgilangan 2321-moddani JKga kiritish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ–762-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 06/1-05/1445-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 25-avgustdagi 06/13/45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlik belgilash va qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiyasiga xizmat qilgan;
insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash uchun javobgarlik belgilangan JK 1151-moddasi bilan to‘ldirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ–780-sonli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 3-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 06/1-05/1445-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 25-avgustdagi 06/13/45-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qayd etilgan jinoyatni aybdor tomonidan sodir etilishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi va o‘sha qilmishga adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan;
JKni inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi uchun javobgarlik belgilangan 1331-modda bilan to‘ldirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ–780-sonli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 5-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 06/1-05/1445-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 25-avgustdagi 06/13/45-son ma’lumotnomasi). Ushub taklifning qabul qilinishi inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisini oldini olish, aybdor qilmishini sodir etganlik uchun javobgarlik belgilash va adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan;
JKga insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish uchun javobgarlik belgilangan 1332-moddani kiritish lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ–780-sonli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 5-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 06/1-05/1445-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 25-avgustdagi 06/13/45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish uchun javobgarlik belgilash, qayd etilgan jinoyatni aybdor tomonidan sodir etilishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi va o‘sha qilmishga odillik va insonparvarlik prinsiplari asosida adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish