Turg‘unova Gulnoza Muxammadjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Ped4411.
      Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna,  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quchqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlar shakllantirish va rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida refleksiv faoliyatga undash asosida subekt-subekt munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi motivatsion indekatorlar aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishning motivatsion mexanizmlari  kommunikativ faoliyatga undash asosida kommunikativ layoqatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi kompetensiyaviy yondashuv indektorlarini tatbiq etish vositasida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivlashtirish jarayonlarini rivojlantirish texnologiyalari refleksiv faoliyatga undovchi o‘yinlarga  ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari modeli ta’lim va mustaqil ta’lim, tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayonlarining integrativ va tizimli yondashuviga muvofiq qayta aloqani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida refleksiv faoliyatga undash asosida subekt-subekt munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi motivatsion indekatorlar aniqlashtirilgan va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishning motivatsion mexanizmlari  kommunikativ faoliyatga undash asosida kommunikativ layoqatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi kompetensiyaviy yondashuv indektorlarini tatbiq etish vositasida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ta’lim markaz va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Pandemiya sharoitida sifatli ta’lim sari birfalikda” nomli qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-iyundagi 01/11-02/2-515-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlar shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivlashtirish jarayonlarini rivojlantirish texnologiyalari refleksiv faoliyatga undovchi o‘yinlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasuda 2022-yil 6-oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishning 3-sonli bayoniga asosan, Funlandiya tajribasi asosida 1-4-sinf uchin darsliklarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-iyundagi 01/11-02/2-515-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash va malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari modeli ta’lim va mustaqil ta’lim, tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayonlarining integrativ va tizimli yondashuviga muvofiq qayta aloqani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishga doir amaliy tavsiyalardan Namangan davlat universitetining A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017-yy.) amaliy loyihasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga doir o‘yinlarda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 4-sentyabrdagi 1209-05-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish