Asqarov Faxritdin Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Refleksiv yondashuv asosida yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy madaniyatni shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3320.
Ilmiy rahbar: Asqarova Manzura Avazbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Kazimov Jamshid Shamsitdinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Ma’murov Bahodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi refleksiv yondashuv asosida jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishda pedagogik faoliyat tuzilmasining maqsadli, tashkiliy mazmunli, funksional, diagnostik-natijali blok kabi komponentlari retrospektiv davriylik hamda salomatlikni saqlash talablariga muvofiq takomillashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishning integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanishli va novatorlik bosqichlari mazmunini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi asosida  aniqlashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik negizlari salomatlikni saqlash, sog‘lom faol hayotiy pozisiya va o‘z-o‘zini odatlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan aloqadorli reproduktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos pedagogik mexanizmlari shaxsning intellektual, sezgirlik, o‘z xohishi bilan intilish va jismoniy qobiliyatini  rivojlantirish kabi jihatlariga erishganlik darajalarini baholash orqali aniqlashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Refleksiv yondashuv asosida jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishda pedagogik faoliyat tuzilmasining maqsadli, tashkiliy mazmunli, funksional, diagnostik-natijali blok kabi komponentlari retrospektiv davriylik hamda salomatlikni saqlash talablariga muvofiq  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  bakalariat yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 1 martdagi 89-03-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini shakllantirishga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni boyitishga xizmat qilgan;
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishning integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanishli va novatorlik bosqichlari mazmunini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi asosida muvofiqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan barcha pedagogik yo‘nalishlari bakalariyat o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 1 martdagi 89-03-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishga oid amaliy bilimlarini boyitishga xizmat qilgan; 
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik negizlari salomatlikni saqlash, sog‘lom faol hayotiy pozisiya va o‘z-o‘zini odatlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan aloqadorli reproduktivligini ta’minlash asosida  takomillashtirishga hamda refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos pedagogik mexanizmlari shaxsning intellektual, sezgirlik, o‘z xohishi bilan intilish va jismoniy qobiliyatini  rivojlantirish kabi jihatlariga erishganlik darajalarini baholash orqali aniqlashtirishga   doir taklif va tavsiyalardan A-1-099 “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 1 martdagi 89-03-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida jismonan sog‘lom, barkamol inson shaxsini shakllantirishda jismoniy sifatlariga qo‘yiladigan talablarning sifatini oshirishga xizmat qilgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish