Abdullaev Jamshid Djamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Surrogat onalik munosabatlarini shartnomaviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 - “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu 931.
Ilmiy rahbar: Choriev Murodjon Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32G‘30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Muborak Akmaldjonovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi surrogat onalik munosabatlarini shartnomaviy huquqiy tartibga solishning takomillashtirish hamda fuqarolik huquqiy tartibga solish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“surrogat ona” – genetik ota-onaning urug‘idan hosil bo‘lgan farzandni tanasida katta qilib, dunyoga keltirish majburiyatini bajaradigan ayol, “genetik ota-ona” – belgilangan haqni to‘lash majburiyatini olgan yoki tekin surrogat ona tomonidan surrogat onalik dasturi yakunida dunyoga keltirilgan farzandni qabul qilib oluvchi qonuniy er-xotin” ekanligi asoslantirilgan;
fuqarolarning xavfsiz va samarali reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda sun’iy urug‘lantirish va surrogat onalikni legallashtirish maqsadida o‘z farzandlarining tug‘ilishi xususida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi lozimligi asoslantirilgan;
surrogat onalik va sun’iy urug‘lantirishda murakkab tibbiy amaliyotini qo‘llamaslik uchun yangi tibbiy, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish va h.k.dan)dan, kam invazivli (kam jarohatlaydigan) aralashuvlardan foydalangan holda bepushtlikni davolash imkoniyati huquqiy asoslantirilgan;
insonning ko‘payishiga taalluqli bo‘lgan a’zolar va to‘qimalarning (tuxum hujayrasi, sperma, tuxumdonlar, moyaklarning yoki embrionlarning) transplantatsiyasi odam savdosiga sabab bo‘lmasligi uchun ularni surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmasligini qonunan ta’qiqlash zarurligi asoslantirilgan;
tirik donor va resipient (surrogat ona, genetik ota-ona)lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga oid ma’lumotlar tariqasida saqlanishini ta’minlash maqsadida oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan shifokor sirini tashkil etishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surrogat onalik munosabatlarini shartnomaviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surrogat onalik shartnomasiga oid konseptual g‘oya va takliflar “Shartnoma huquqi” darsligi (VII-Bob 3-§. Surrogat onalik shartnomasi)da o‘z ifodasini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, № 302-1071-ro‘yxatga olish raqami ruxsatnomasi). Ushbu taklif surrogat onalik bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy munosabatlarining ilmiy nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
fuqarolarning xavfsiz va samarali reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda o‘z farzandlarining tug‘ilishi xususida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi lozimligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli qonunining 10-moddasi 1-bandida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 maydagi 04G‘4-12-2131-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi fuqarolar o‘z farzandlarining tug‘ilishi (surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish va h.k.) xususida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
surrogat onalik va sun’iy urug‘lantirishda murakkab tibbiy amaliyotini qo‘llamaslik uchun yangi tibbiy, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish va h.k.dan)dan, kam invazivli (kam jarohatlaydigan) aralashuvlardan foydalangan holda bepushtlikni davolash lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli qonunining 12-moddasi 1-qismi 3-bandida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2023 yil 31 maydagi 04G‘4-12-2131-son dalolatnomasi). Taklifning joriy qilinishi yangi tibbiy, shu jumladan yordamchi reproduktiv texnologiyalardan (xususan, surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish va h.k.dan) foydalanishni aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
insonning ko‘payishiga taalluqli bo‘lgan a’zolar va to‘qimalarning (tuxum hujayrasi, sperma, tuxumdonlar, moyaklarning yoki embrionlarning) transplantatsiyasi odam savdosiga sabab bo‘lmasligi uchun ularni surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmasligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-maydagi “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-768-sonli qonunining 1-moddasi 2-qismi 1-bandida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 10 maydagi 17-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasidan (surrogat onalik, sun’iy urug‘lantirish va h.k.) surrogat onalik dasturiga nisbatan tatbiq etilmasligining tartibini takomillashtirishda xizmat qilgan;
tirik donor va resipient (surrogat ona, genetik ota-ona)lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga oid ma’lumotlar tariqasida saqlanishini ta’minlash maqsadida oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan shifokor sirini tashkil etishiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-maydagi “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonuni O‘RQ-768-sonli qonunining 16-moddasida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023 yil 10 maydagi 17-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi bilan surrogat onalik dasturi taraf (surrogat ona, genetik ota-ona)lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tibbiyot tashkilot va tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma beruvchi vakolatli organ (FHDYo) tomonidan oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi tartibini belgilashda xizmat qilgan.