Ahmedova O‘g‘ilxon Nomozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat muhitida ma’naviy tarbiyani rivojlantirishning strategik texnologiyalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal964.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qaxxorova Matlyuba Mannofovna falsafa fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich, siyosiy fanlar doktori, (DSc), dotsent; Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda ma’naviy tarbiya muhitining strategik texnologiyalarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs ma’naviyatini rivojlantirish jamiyatda axloqiy  me’yor  va qadriyatlar birligini ta’minlovchi aksiologik munosabatlarni yuksaltirishi sababli shaxsdagi ijtimoiy javobgarlik hissi bilan ma’naviy tarbiyaning permanent jarayon sifatidagi ijtimoiy zarurati aniqlangan;    
yoshlarda sog‘lom ma’naviy duyoqarash va madaniyatni yuksaltirish jamiyatda ma’naviy tarbiyaning sotsiomadaniy faoliyatini belgilovchi alohidalik va umumiylik kategoriyalar bilan bog‘liqligi sababli boshqaruvda ta’lim-tarbiya-jamoatchilik bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlovchi omil ekanligi asoslangan;  
 jamiyatda ma’naviy tarbiya strategiyasining zamonaviy texnologiyalariga oid qarashlari ma’naviy jarayonlar omili sifatida ta’lim-tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishdagi ichki birlik va ijtimoiy ehtiyojni belgilovchi familyativ uzviyligini belgilovchi  aksiologik jihatlari ochib berilgan;
jamiyat ma’naviy taraqqiyoti ijtimoiy munosabatlarda genetik bog‘lanish, sotsiumda madaniy-tarixiy relyativizm kabi aksiologik munosabatlarni rivojlantirishi orqali “ma’rifatli jamiyat” qurishning funksional va qiyosiy xususiyati bilan dialektik aloqadorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda ma’naviy tarbiyaning yangi strategik texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
shaxs ma’naviyatini rivojlantirish jamiyatda axloqiy  me’yor  va qadriyatlar birligini ta’minlashga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar” 9-bandi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasini baholash mezonlari, indikatorlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Pespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-22/541-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiologik munosabatlarni yuksaltirish shaxsdagi ijtimoiy javobgarlik hissi bilan ma’naviy tarbiyaning permanent jarayon sifatidagi ijtimoiy zaruratini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda ma’naviy tarbiya strategiyasining zamonaviy texnologiyalariga oid qarashlari ma’naviy jarayonlariga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar” 9-bandi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasini baholash mezonlari, indikatorlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Pespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 9 dekabrdagi 02-22/541-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishdagi ichki birlik va ijtimoiy ehtiyojni belgilovchi familyativ uzviyligini belgilovchi  aksiologik jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
yoshlarda sog‘lom ma’naviy duyoqarash va madaniyatni yuksaltirish jamiyatda ma’naviy tarbiyaning sotsiomadaniy faoliyatini belgilashga hamda jamiyat ma’naviy taraqqiyoti ijtimoiy munosabatlarda genetik bog‘lanish, sotsiumda madaniy-tarixiy relyativizm ma’naviy tarbiyaning familyativ texnologiyalari bilan qiyosiy xususiyatlariga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostidagi o‘tkazilgan festivalda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 06-06/3-2502-son dalolatnomasi). Natijada, aksiologik munosabatlarni rivojlantirishi orqali “ma’rifatli jamiyat” qurishning funksional va qiyosiy xususiyati bilan dialektik aloqadorligini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish