Zayniddinov Vohidxon Vositovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat chiqindilari asosida antikorrozion gruntlovchi materialini olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari” hamda 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.04PhD/T3419.
Ilmiy rahbar: Musaev Ma’rufdjan Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Pulatov Xayrulla Lutpullaevich; texnika fanlari nomzodi, professor Sattorov Zafar Muradovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sanoat chiqindilari asosida lok-bo‘yoq turiga oid antikorrozion gruntlovchi materialini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
metall oksidlarining kompleks holda plyonka hosil qiluvchi organik qo‘shimchalar bilan birgalikda qo‘llanilishi natijasida sinergizm hodisasi namoyon qilishi aniqlangan;
sanoat chiqindlari asosidagi ikkilamchi xom-ashyolar asosida olingan gruntlov antikorrizion qoplama materiali birlamchi metall oksidi bilan olingan gruntlovchidan: qovushqoqligi, adgeziyasi, qurish vaqti, reologiyasi, konsentratsiyasidagi tafovvutlar minimal darajagiligi aniqlangan;
metallurgiya ishlab chiqarish chang chiqindisi, avtosanoat ishlab chiqarishning shlam chiqindilari, yog‘ kislotasi distilyasiyasining kub qoldig‘i asosida lok-bo‘yoq olishning optimal texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan;
to‘liq va yarim qurish xossaga ega plyonka hosil qiluvchilarni kompozisiyasi ishtirokida gruntlovchi materialning gidroizolyasion va antikorrozion xususiyatlari oshishi aniqlangan.
sanoat chiqindilari asosida antikorrozion gruntlov materialni ishlab chiqishning matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat chiqindilari asosida antikorrozion gruntlovchi materialini olish texnologiyasini ishlab chiqish mavzusida bajarilgan ilmiy-tadqiqot natija¬lari quyidagi loyihalarda o‘z aksini topgan:
“O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yil 19 avgust 03-18-7/44-sonli ma’lumotno¬masi;
Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining kondensatni barqarorlashtirish sexidan neft mahsulotlarini quyib jo‘natish sexigacha bo‘lgan kondensat quvurlarining yuza qismlariga mazkur material bilan surkov ishlari amalga oshirilgan (Shurtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2022 yil 4 martdagi dalolatnomasi);
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2602-sonli ma’lumotnomasi;
“O‘zqurilish materiallari uyushmasi”ga a’zo bo‘lgan “STORY SARAT DPK” MChJda sanoat chiqindisidan olingan antikorrozion gruntlovchi materialini 2021 yil 25 iyunda sinovdan o‘tkazildi (“STORY SARAT DPK” MChJ ning 2022 yil 16 sentyabrdagi dalolatnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish