Turakulova Aziza Sandjar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Etim bolalar ijtimoiylashuv jarayoniga vasiy oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining ta’siri” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (Psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P281
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dil`bar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Xrul`nova Gelena Vyacheslavovna, psixologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi etim bolalar ijtimoiylashuv jarayoniga vasiy oilalarning ijtimoiy psixologik hususiyatlarining ta’sirini aniqlash va bolalarning jamiyaga ijtmoiylashuvini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etim bolalar ijtimoiylashuv jarayonidagi psixologik xususiyatlarning regression tahliliga ko‘ra vasiylik oilalari tarbiyalanuvchilari kechinmalarini ifodalashdagi bosiqlik, ijtimoiy rollar bilan bog‘liq o‘g‘il bollardagi mustaqillik, sotsial faollikning ustuvorligi,  mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida esa yorqin hissiy reaksiyalarning, ota-onalik rolini qabul qilish ta’sirida nazoratning diffuz rivojlanishi tufayli “ekspressivlik”, “mustaqillik”, “nazorat” mezonlari bo‘yicha differensial farqlarning mavjudligi asoslangan;  
vasiylik oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtmoiylashuvi   “ota-ona-bola” munosabatlaridagi o‘z ustida ishlash, “boshqalarni qabul qilish”dagi ijodiylik va tashabbuskorlik, o‘ziga nisbatan konstruktiv tanqidiylik, qaror qabul qilishdagi mustaqillikning ijtimoiy muhtga bog‘liq ravishda intensiv shakllanishi tufayli “ijtimoiy faollik”ning rivojlanishiga identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan;
vasiylik oilalarida bola ijtimoiylashuviga ota-ona tarbiya uslubining ta’siri natijasida ijtimoiy moslashuvchanlik, mustaqillik, faollikka yo‘nalganlik hamda axloqiylikning “ota-ona-bola” tizimida  dinamik namoyon bo‘lishi tufayli “qabul qilish”, “emotsional yaqinlik”, “talabchan bo‘lmaslik”, “hamkorlik” kabi integral psixologik munosabalarning ustuvor namoyon bo‘lishi dalillangan;
vasiy ota-onalarning bolalar ijtimoiylashuviga konstruktiv ta’sirini ta’minlash uchun bolaning biologik-sotsiologik-psixologik taraqqiyoti, ota-ona-bola hamda sibling munosabatlari tizimini barqarorlashtirish, bazaviy axloqiy qadriyatlarni konstruktiv transformatsiyalanishi, shaxsning o‘zini “ijtimoiy qabul qilishi” muhimligiga ko‘ra “Ota-ona-vasiylarning ijtimoiy-psixologik tayyorgarligi” nomli psixologik trening dasturini kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etim bolalar ijtimoiylashuv jarayoniga vasiy oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining ta’sirini o‘rganish asosida:
etim bolalar ijtimoiylashuv jarayonidagi psixologik xususiyatlarning regression tahliliga ko‘ra vasiylik oilalari tarbiyalanuvchilari kechinmalarini ifodalashdagi bosiqlik, ijtimoiy rollar bilan bog‘liq o‘g‘il boallardagi mustaqillik, sotsial faollikning ustuvorligi, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida esa yorqin hissiy reaksiyalarning, “ota-onalik rolini qabul qilish” ta’sirida nazoratning diffuz rivojlanishi tufayli “ekspressivlik”, “mustaqillik”, “nazorat” mezonlari bo‘yicha differensial farqlarning mavjudligi asoslangan ilmiy va amaliy tavsiyalardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot institutining “Oilalarda sog‘lom barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, gender tenglikka erishish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarni shakillantirish” nomli rejasini 3-bandini ijrosini bajarishga foydalangan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot institutining faoliyatida 2023 yil 13 iyundagi 01-09/1508-son ma’lumotnomasi). Natijada, vasiylikdagi oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va ularning etim bolalarni ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liqligi, ularning rivojlanishining psixologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda aniqlash uchun foyladanilgan;
vasiylik oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtmoiylashuvi “ota-ona-bola” munosabatlaridagi o‘z ustida ishlash, “boshqalarni qabul qilish”dagi ijodiylik va tashabbuskorlik, o‘ziga nisbatan konstruktiv tanqidiylik, qaror qabul qilishdagi mustaqillikning ijtimoiy muhtga bog‘liq ravishda intensiv shakllanishi tufayli “ijtimoiy faollik”ning rivojlanishiga identiv namoyon bo‘lishiga oid ilmiy yangililklardan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining “Mahallalardadagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, besh muhim tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda etim bolalar bilan ishlashda manzilli tadbirlar amalga oshirish, mehribonlik uylaridagi etim bolalar bilan individual shug‘ullanishga doir tadbirlarni tashkil etishda foydalanildi (Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 223 yil 13 iyundagi 4-13-21-1640-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan agentlikning yoshlar orasida ijtimoiylashuv jarayoni, jumladan, etim bolalarning ijtimoiy psixologik xolatini o‘rganish imkoniyati yaratildi, shuningdek, vasiy oilalarning xususiyatlarini o‘rganish uchun foyladanildi.
vasiylik oilalarida bola ijtimoiylashuviga ota-ona tarbiya uslubining ta’siri natijasida ijtimoiy moslashuvchanlik, mustaqillik, faollikka yo‘nalganlik hamda axloqiylikning “ota-ona-bola” tizimida dinamik namoyon bo‘lishi tufayli “qabul qilish”, “emsional yaqinlik”, “talabchan bo‘lmaslik”, “hamkorlik” kabi integral psixologik munosabalarning ustuvor namoyon bo‘lishi dalillangan ilmiy yangiliklardan Respublika Bolalar Ijtimoiylashuv va Moslashuv Markazining “Ota-ona-vasiylarning ijtimoiy-psixologik tayyorgarligi” trening dasturini ishlab chiqishda, Markazning Samarqand, Qarshi, hamda Farg‘ona filiallaridagi tadqiqot va amaliy faoliyatda foydalanildi (Respublika Bolalar Ijtimoiylashuv va Moslashuv Markazining faoliyatida 2023 yil 23 avgustdagi 02/203-son ma’lumotnomasi). Natijada, etim bolalarni ijtimoiylashtirish va moslashtirish maksadida shart-sharoitlarni aniqlash imkoniyatlarni kengaytirildi shuningdek, farzand asrab oluvchilar oilalarning xususiyatlarini aniqlash samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish