Eshonto‘raev Abdulaziz Abdulatib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik manbalari asosida sut muqobillari olish texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3047.
Ilmiy rahbar: Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fandari doktori, professor; Merganov Avazxon Turgunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik manbalariga (bodom mag‘zi) asoslangan sut muqobillarini olish texnologiyasini ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy bodom mag‘izidan sut muqobili olish uchun yanchish jarayonlari maqbul sharoitlari, ya’ni 10 daqiqa davomida mag‘izni yanchish natijasida bodom tarkibidagi yog‘, oqsillar to‘liq sutga o‘tishi aniqlangan;
mexanik gomogenlash jarayonini maqbul sharoitlari, ya’ni jarayonni 50 0S, 1500 ayl/daq., hamda 30 daqiqa davomida olib borish maqbul sharoit ekanligi aniqlangan;
UT yordamida gomogenlash jarayoni mexanik usulga nisbatan 30 daqiqadan 7 daqiqaga tushirish, ya’ni jarayonni 3 barobar tezlatib, emul`siya tarkibidagi suvni to‘liq gomogenlanishi aniqlangan;
UT yordamida gomogenlashni 7 daqiqa davomida olib borish natijasida zarrachalar 380 mkm dan 40-45 mkm gacha kichrayishini, buning asosiy sababi yuqori intensivlikda UT kavitatsiya natijasida parchalanishi hisobiga ekanligi isbotlangan;
bodom mag‘izi asosida muqobil o‘simlik suti olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik manbalariga asoslangan sut muqobillarini olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bodom mag‘izidan sut muqobili olish texnologiyasi «Marvel Juice and Trade» MChJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 21-69/08-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik asosida sut muqobilini olish imkonini beradi;
bodom mag‘zidan sut muqobili olishning jadallashtirilgan ul`tratovushli (UT) gomogenlash usuli «Marvel Juice and Trade» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi 21-69/08-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, mexanik usulga nisbatan 2 baravar kam vaqt mobaynida UT gomogenlash usulida sut muqobili olish imkonini bergan.