Tulyaganov Abdumalik Abdiraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirish, 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt737.
Ilmiy rahbar: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tibbiyot muassasasida dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari hisobini yuritish uchun 161 211 (062/1) “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha kirim qilingan dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari” hamda 161 212 (062/2) “Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha kirim qilingan dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari” ishchi schyotlari taklif etilgan;
tibbiyot muassasasida xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari hisobini yuritish uchun 161 401 (063/1) “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” hamda 161 402 (063/2) “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” ishchi schyotlari taklif qilingan;
tibbiyot muassasasi hisob siyosatida xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlarni aniqlash uchun belgilangan kun me’yorlarini 15 kunga uzaytirilishi zarurligi asoslangan;
tibbiyot muassasasida foydalanilgan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarining qiymatini o‘rtacha bahoda hisobdan chiqarish hamda ular bo‘yicha ichki almashinuv hisobotining shakli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot muassasasida dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari hisobini yuritish uchun 161 211 (062/1) “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha kirim qilingan dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari” hamda 161 212 (062/2) “Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha kirim qilingan dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari” ishchi schyotlari taklifi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining (1-son «Hisob siyosati» nomli Byudjet hisobi standartiga muvofiq) hisob siyosati (Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasida) da o‘z aksini topgan. Natijada shifoxonada moliyalashtirish manbalari bo‘yicha dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalarini alohida hisobga olish hamda tahliliy hisob ishlarini yuritish imkoniyati yaratilgan.
tibbiyot muassasasida xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari hisobini yuritish uchun 161 401 (063/1) “Byudjet mablag‘lari hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” hamda 161 402 (063/2) “Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kirim qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” ishchi schyotlari taklifi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining (1-son «Hisob siyosati» nomli Byudjet hisobi standartiga muvofiq) hisob siyosati (Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasida) da aks etgan. Natijada shifoxonada moliyalashtirish manbalari bo‘yicha xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari bo‘yicha analitik hisob ishlarini yuritish yo‘lga qo‘yilib, ushbu mablag‘lardan foydalanish yuzasidan hisobdorlikni ta’minlash imkoniyati yaratildi.
tibbiyot muassasasi hisob siyosatida xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlarni aniqlash uchun belgilangan kun me’yorlarini 15 kunga uzaytirilishiga oid taklifi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining (1-son «Hisob siyosati» nomli Byudjet hisobi standartiga muvofiq) hisob siyosati (Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasida) da o‘z aksini topgan. Ushbu taklifni joriy etish shifoxonaning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha “Xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlari” xarajatlar moddasi summasini asoslangan holda rejalashtirish va maqsadli moliyalashtirishga xizmat qilgan.
tibbiyot muassasasida foydalanilgan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarining qiymatini o‘rtacha bahoda hisobdan chiqarish hamda ular bo‘yicha ichki almashinuv hisobotining shakliga oid taklifi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining (1-son «Hisob siyosati» nomli Byudjet hisobi standartiga muvofiq) hisob siyosati (Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 15-son ma’lumotnomasida) da o‘z aksini topgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tibbiyot muassasasida turli narxlarda xarid qilingan xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarini o‘rtacha qiymatda hisobdan chiqarish hamda xo‘jalik va kanselyariya mahsulotlarining haqiqatda sarflanganligini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini yaratgan.