Adilova Marg‘uba Tursunalievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston mintaqalarini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlari» mavzusidagi, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1384
Ilmiy rahbar: Islamov Anvar Ashirqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmon Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududlarini iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olgan holda barqaror rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra mamlakat mintaqalarini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olgan hamda sabab va oqibat aloqalari tahlili, holatni baholovchi indikatorlar, muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan dasturlardan foydalangan holda hududlarni barqaror rivojlantirishni baholashning ekologik jihatlarini aniqlashning vaziyatli tahlil usuli ishlab chiqilgan;
mintaqaning iqtisodiy-ekologik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda uning tarkibidagi
asosiy parametrlarning tizimli yondashuv asosida yalpi hududiy mahsulot va atrof-muhitni himoya qilish xarajatlarining aholi jon boshiga tabaqalanish indekslari bo‘yicha “yuqori” [1,000 -2,562], “o‘rta” [0,660-0,922] va “past” [0,504-0,556] darajalariga muvofiqligini ta’minlash taklifi asoslangan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini diagnostik baholashni geografik axborot tizim texnologiyasiga barqaror rivojlantirish indikatorlarini integratsiya qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
hududlarning raqobatbardoshligi o‘sishini cheklovchi ekologik omillar ta’sirini hisobga olgan holda Toshkent viloyati sanoat mahsuloti hajmining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgann.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olgan holda barqaror rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra mamlakat mintaqalarini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olgan hamda sabab va oqibat aloqalari tahlili, holatni baholovchi indikatorlar, muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan dasturlardan foydalangan holda ishlab chiqilgan hududlarni barqaror rivojlantirishni baholashning ekologik jihatlarini aniqlashning vaziyatli tahlil usulidan oliy o‘quv yurtlarining 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60310300 – Mintaqaviy iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mamlakat mintaqalarini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olgan holda hududlarni barqaror rivojlantirishni baholashning ekologik jihatlarini aniqlashning vaziyatli tahlil usulidan foydalanish bo‘yicha nazariy-uslubiy bilimlarni kengaytirishga imkon yaratilgan;
mintaqaning iqtisodiy-ekologik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda uning tarkibidagi asosiy parametrlarning tizimli yondashuv asosida yalpi hududiy mahsulot va atrof-muhitni himoya qilish xarajatlarining aholi jon boshiga tabaqalanish indekslari bo‘yicha “yuqori” [1,000 -2,562], “o‘rta” [0,660-0,922] va “past” [0,504-0,556] darajalariga muvofiqligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan «2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi» dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-apreldagi 05-10/765-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi tahliliy ishlanmalar va ekspert xulosalariga ko‘ra, mintaqalarning rivojlanishida ekologik omillarni hisobga olgan holda strategik maqsad va vazifalari belgilash, ular mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liqligini ta’minlagan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini diagnostik baholashni geografik axborot tizim texnologiyasiga barqaror rivojlantirish indikatorlarini integratsiya qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-apreldagi 05-10/765-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida mintaqaviy barqaror rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olish va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ijro qarorlarini asoslangan holda qabul qilish, hududlarni strategik rivojlanishida ekologik jihatlarini e’tiborga olishda axborot-tahliliy elektron xarita axborot almashuvi, institusional o‘zgarishlar, ekologik talablar va cheklovlar, ekologik savodxonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish (onlayn treninglar), ekologik konsalting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish imkoni yaratilgan;
hududlarning raqobatbardoshligi o‘sishini cheklovchi ekologik omillar ta’sirini hisobga olgan holda Toshkent viloyati sanoat mahsuloti hajmining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-apreldagi 05-10/765-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Toshkent viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha prognoz natijalaridan hududiy iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish va uning yetakchi tarmoqlarini raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratgan.