Xaydarov Avaz Amonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xoledoxolitiaz sababli rivojlangan yiringli xolangitlarda endobiliar arashuvlar», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2542.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov M.M., tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich., tibbiyot fanlari doktori, professor; Glabay Vladimir Petrovich., tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent tibbiyot akademiyasi»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xoledoxolitiaz sababli rivojlangan yiringli xolangit bemorlarda transpapillyar aralashuvlar yordamida ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi yordamida davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir yiringli xolangitni davolashda ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksin eritmasi bilan endobiliar davolash usuli ishlab chiqilgan va unga ko‘rsatmalar aniqlangan;
ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksinni kunlik endobiliar yuborishning, detoksikatsion samarasi, yallig‘lanishga qarshi, immunokorrektiv ta’sir kilib, jigarning funksional holatini tizimli tiklash ta’siriga ega bo‘lib, qonning gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga (bilirubin, ACT, ALT, ishqoriy fosfataza, kreatinin) ijobiy ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ozonlangan fiziologik eritma va 0,02% li dimetoksin bilan 5-7 kun davomida endoxoledoxeal yo‘llarini sanatsiya kilish ijobiy natijalarga olib kelishi asoslangan;
endoskopik transpapillyar aralashuvlar va umumiy o‘t yo‘lidan litoekstraksiyadan so‘ng o‘tkir yiringli xolangitni kompleks davolashda nazobiliar drenaj orqali ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dimetoksin eritmasi bilan endobiliar davolashning maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xoledoxolitiaz sababli rivojlangan yiringli xolangitli bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk marotoba o‘tkir yiringli xolangitni davolashda ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksin eritmasi bilan endobiliar davolash usuli ishlab chiqilgan va unga ko‘rsatmalar aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: xoledoxolitiaz sababli rivojlangan yiringli xolangitli bemorlarda ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksin eritmasini qo‘llash ushbu toifadagi bemorlarda davolash samaradorligini yaxshilash bu o‘z navbatida davolash natijalari jarayonini tezlashtirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat Romitan tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-z/304-sonli xulosasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishi hisobiga davolashning davomiyligining va narxining pasayishiga olib kelgan.
Xulosa: ilk marotoba o‘tkir yiringli xolangitni davolashda ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksin eritmasi bilan endobiliar davolash usuli ishlab chiqilishi davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishi hisobiga davolashning davomiyligining va narxining pasayishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksinni kunlik endobiliar yuborishning, detoksikatsion samarasi, yallig‘lanishga qarshi, immunokorrektiv ta’sir kilib, jigarning funksional holatini tizimli tiklash ta’siriga ega bo‘lib, qonning gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga (bilirubin, ACT, ALT, ishqoriy fosfataza, kreatinin) ijobiy ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati: xoledoxolitiaz sababli rivojlangan yiringli xolangitli bemorlarda ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksin eritmasini qo‘llash ushbu toifadagi bemorlarda davolash samaradorligini yaxshilash bu o‘z navbatida davolash natijalari jarayonini tezlashtirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat Romitan tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-z/304-sonli xulosasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishi hisobiga davolashning davomiyligining va narxining pasayishiga olib kelgan.
Xulosa: ilk marotoba o‘tkir yiringli xolangitni davolashda ozonlangan natriy xlorid eritmasi va 0,02% li dimetoksin eritmasi bilan endobiliar davolash usuli ishlab chiqilishi davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishi hisobiga davolashning davomiyligining va narxining pasayishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ozonlangan fiziologik eritma va 0,02% li dimetoksin bilan 5-7 kun davomida endoxoledoxeal yo‘llarini sanatsiya kilish ijobiy natijalarga olib kelgan;
Ilmiy yangilikning ahamiyati Xoledoxolitiaz sababli rivojlangan yiringli xolangitli bemorlarni davolashda ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi bilan endobiliar sanatsiya ishlab chiqilgan usuli, an’anaviy davolash kompleksiga kiritish, operatsiyadan keyingi asoratlar soni 2,8 baravar kamayishiga va operatsiya natijalarini yaxshilashga olib keldi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat Romitan tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-z/304-sonli xulosasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
1) Xoledoxolitiaz fonida rivojlangan yiringli xolangitlarda, bemorlarni davolashda an’anaviy usullar ishlatilganda, davolash muddati 19,3±1,12 yotoq kunlarni tashkil kildi. Shu bilan birga operatsiyaning II bosqichiga tayyorgarlik uchun, bemorlar 7.3±0.42 yotoq kun sarf kilindi. Ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi bilan endobiliar terapiyadan foydalanilganda bemorlarda davolanishning umumiy davomiyligi o‘rtacha 12,65 ± 0,46 kunni tashkil etdi. Jarrohlikning II ikkinchi bosqichiga taergarlik uchun, bemorlar 7.3±0.42 yotoq kun sarf kilindi.
2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan.
Xulosa: Umumiy o‘t yo‘liga ozonlangan fiziologik eritma va 0,02% dekametoksin eritmasining kiritilishi 3-kunga kelib, o‘t tarkibidagi mikrob tanalarining titrini sezilarli darajada pasayishiga olib keladi va 5-kunga kelib mikrob tanalarini o‘t suyuqligidan to‘liq yo‘q qilishga erishildi. O‘tkir yiringli xolangitda bemorlarni davolashda ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi bilan endobiliar sanatsiya ishlab chiqilgan usuli, an’anaviy davolash kompleksiga kiritish, operatsiyadan keyingi asoratlar soni 2,8 baravar kamayishiga va operatsiya natijalarini yaxshilashga olib keldi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: endoskopik transpapillyar aralashuvlar va umumiy o‘t yo‘lidan litoekstraksiyadan so‘ng o‘tkir yiringli xolangitni kompleks davolashda nazobiliar drenaj orqali ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dimetoksin eritmasi bilan endobiliar davolashning maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslangan
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Xoledoxolitiaz fonida rivojlangan yiringli xolangitlarda, bemorlarni an’anaviy davolash bilan birgalikda ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi bilan endobiliar terapiyadan foydalanish, o‘t yo‘llarida yallig‘lanishni oldinroq to‘xtatishga, radikal xolesistektomiyaning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik vaqtini 1,5 martadan ko‘prog‘iga qisqartirishga imkon berdi, jarrohlikning (xolesistektomiya) ikkinchi bosqichida keyin kasalxonada bemorlarning yiringli-septik va poliorgan etishmovchiliklarni kasalliklar oldini olish yordam beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat Romitan tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-z/304-sonli xulosasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga, asoratlar va o‘lim holatlarining kamayishiga, majburiy operatsiyalarning kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xoledoxolitiaz fonida rivojlangan yiringli xolangitlarda, bemorlarni an’anaviy davolash bilan birgalikda ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi bilan endobiliar terapiyadan foydalanishni amaliyotga joriy etilishi hisobiga har bir bemorni statsionar davolash bo‘yicha 957 ming so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini va 335 ming so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Xoledoxolitiaz fonida rivojlangan yiringli xolangitlarda, bemorlarni an’anaviy davolash bilan birgalikda ozonlangan natriy xlorid fiziologik eritmasi va 0,02% dekametoksin eritmasi bilan endobiliar terapiyadan foydalanish, o‘t yo‘llarida yallig‘lanishni oldinroq to‘xtatishga, radikal xolesistektomiyaning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik vaqtini 1,5 martadan ko‘prog‘iga qisqartirishga imkon berdi, jarrohlikning (xolesistektomiya) ikkinchi bosqichida keyin kasalxonada bemorlarning yiringli-septik va poliorgan etishmovchiliklarni kasalliklar oldini olish yordam beradi.