Hamraeva Feruza Shodibek qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda majburiy sug‘urta turlarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2020.4.PhD/Iqt1503.
Ilmiy rahbar: Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda majburiy sug‘urta turlarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
majburiy sug‘urtani amalga oshirish, risklarni identifikatsiyalash, baholash va tariflarni shakllantirish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligini optimal anderrayterlik siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlash taklifi asoslangan;
majburiy sug‘urta polislarini ro‘yxatga olish va monitoringini yuritish bo‘yicha barcha sug‘urtalovchilarni qamrab olgan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish taklif etilgan;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibi da’volarni ko‘rib chiqish va zararlarni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchilar vakolatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
sug‘urta xizmatlarining muntazam iste’molchilariga majburiy sug‘urta mahsulotlarini tabaqalashtirilgan tariflar asosida taqdim etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda majburiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
majburiy sug‘urtani amalga oshirish, risklarni edintifikatsiyalash, baholash va tariflarni shakllantirish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligini  optimal anderrayterlik siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlash taklifi taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining optimal anderrayterlik siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining  2021 yil 9 sentyabrdagi 01-10/2122-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan majburiy sug‘urta turlari qamrovi 18 foizga oshgan;
majburiy sug‘urta polislarini ro‘yxatga olish va monitoringini yuritish bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining «Majburiy sug‘urtani amalga oshirish qoidalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining  2021 yil 9 sentyabrdagi 01-10/2122-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta kompaniyasida elektron tarzda tuzilgan har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilish xarajatlari kompaniya miqyosida 25 foizga kamaygan;
 transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibi da’volarni ko‘rib chiqish va zararlarni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchilar vaqolatlarini kengaytirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida»gi tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining  2021 yil 9 sentyabrdagi 01-10/2122-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta kompaniyasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari ikki barobarga kamaygan;
sug‘urta xizmatlarining muntazam iste’molchilariga majburiy sug‘urta mahsulotlarini tabaqalashtirilgan tariflar asosida taqdim etish bo‘yicha taklifidan “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining «Majburiy sug‘urta turlarini amalga oshirish qoidalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining  2021 yil 9 sentyabrdagi 01-10/2122-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta kompaniyasida uch yil mobaynida majburiy sug‘urta polisini xarid qilgan mijozlarga 15 foizgacha, faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ikkita majburiy sug‘urta turlarini xarid qilgan mijozlarga 25 foizgacha tabaqalashgan imtiyozli tariflar tizimi joriy etilishi natijasida majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi hajmi 18 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish