Toxtaev G‘ayratillo Shuxratillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiq iqlim sharoitida sportchilar terisining klinik-mikrobiologik xususiyatlari, teri kasalliklarini davolash va profilaktikasi”, 14.00.11- Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib533.
Ilmiy raxbar: Imamov Otabek Sunnatovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Haitov Qaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Dilshodbek Ergashbekovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi terining himoya xususiyatlari va mikrobiotsenozning xususiyatlarini har tomonlama baholashni hisobga olgan holda professional sportchilarda dermatozlarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq iqlim sharoitida professional sportchilarda sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan teri kasalliklari sport bilan shug‘ullanishning 2-3 yillarida 1,3 barobarga, 5-7 yillarida 1,9 barobarga ko‘p kuzatilishi hamda kasallanishning jismoniy yuklama va sport mashg‘ulotlarining davomiyligiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
professional sportchilar terisi epitelial to‘sig‘ining fiziologik parametrlarini va ularning ish qobiliyati (terining pH ko‘rsatkichlarini, yog‘lilik va namlik darajasi) nazorat guruhiga qaraganda namlik darajasi 1,9 martaga, yog‘liqlik darajasi 1,8 martaga kamayishi, pH ishqoriy tomonga o‘zgarishi, bu esa terining gidro-lipid mantiyasi himoya to‘siqlarining buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
professional sportchilar terisida shartli-patogen mikroorganizmlardan St.aureus - yuqori kolonizatsiya zichligi – (42,4±1,42 KOE/cm2) nazorat guruhiga qaraganda 3,4 baravarga yuqoriroq St.epidermidis esa – (36,3±1,39 KOE/cm2) tashkil etgan, nazorat guruhiga qaraganda 3,1 baravarga kam kuzatilishi natijasida teri kasalliklarini rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
professional sportchilarning teri kasalliklarini Fatiderm faollashtirilgan kremniyli suv va kremniyli kremi bilan samarali kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan, ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini kamaytirishi va teri regeneratsiyasi jarayonini kuchaytiruvchi yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi, bemorlarning hayot sifatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi, davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 24 avgustdagi 08/027-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 29 iyuldagi 02/2132-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida professional sportchilarda sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan teri kasalliklari sport bilan shug‘ullanishning 2-3 yillarida 1,3 barobarga, 5-7 yillarida 1,9 barobarga ko‘p kuzatilishi hamda kasallanishning jismoniy yuklama va sport mashg‘ulotlarining davomiyligiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi Engil atletika federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №12-sonli buyruq hamda Suzish federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №014-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: professional sportchilar yuqori jismoniy yuklamalar fonida profilaktika algoritmini qo‘llash orqali teri kasalliklarini barvaqt tashhislash va dermatozlar bilan kasallanish sonini kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: profilaktika usulini amalga oshirish orqali o‘rtacha yillik tejash qiymatini dermatozlar bilan kasallanish ko‘rsatkichini 67%dan 56%gacha, ya’ni 11% ga kamaytirishga erishilgan. Har bir sportchining dermatozlar bilan kasallanganda qilinadigan harajatlari 110 000 so‘mni tashkil qilgan, 100 nafar sportchiga 11 000 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif qilingan profilaktika usulini qo‘llash 1 nafar sportchi hisobiga byudjet mablag‘larni 110 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 110 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: professional sportchilar terisi epitelial to‘sig‘ining fiziologik parametrlarini va ularning ish qobiliyati (terining pH ko‘rsatkichlarini, yog‘lilik va namlik darajasi) nazorat guruhiga qaraganda namlik darajasi 1,9 martaga, yog‘liqlik darajasi 1,8 martaga kamayishi, pH ishqoriy tomonga o‘zgarishi, bu esa terining gidro-lipid mantiyasi himoya to‘siqlarining buzilishi izohlab berilishi va sportchilarda o‘z vaqtida samarali davolash va profilaktika taktikasini belgilash Engil atletika federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №12-sonli buyruq hamda Suzish federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №014-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: korneometriya va sebometriya ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi algoritmini ishlab chiqish teri kasalliklarini profilaktika qilish, sportchilarda teri kasalliklari kuzatilmagan holatda ham mazkur tekshiruv natijalari bo‘yicha shifokorlarning ish yuklamasini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: prognostik ko‘rsatkichlar orqali sportchilar salomatligini baholash kasallik rivojlanishi xavfi past bo‘lgan bemorlarni ajratib olish, ularda dermatozlarni aniqlash uchun chuqur tekshiruv olib borishga ehtiyojning yo‘qolishi va tekshiruv harajatlarini iqtisod qilib, 142 nafar sportchi hisobidan 18 176 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: prognostik baholash va profilaktika natijasida har 1 nafar sportchiga byudjet mablag‘larini 128 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 128 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: professional sportchilar terisida shartli-patogen mikroorganizmlardan St.aureus - yuqori kolonizatsiya zichligi – (42,4±1,42 KOE/cm2) nazorat guruhiga qaraganda 3,4 baravarga yuqoriroq St.epidermidis esa – (36,3±1,39 KOE/cm2) tashkil etishi, nazorat guruhiga qaraganda 3,1 baravarga kam kuzatilishi orqali teri kasalliklarini rivojlanishiga olib kelishi Engil atletika federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №12-sonli buyruq hamda Suzish federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №014-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan mikrobiologik tekshirish usulidan faoydalanish kasallikni tashhislash va davolash sifatini yaxshilaydi va sirtdan buyurilgan faollashgan kremniyli suv (ASW—fatiderm) va kremniyli krem (disderm) mahsulotlari bilan davolash usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi va samarali davolash usulini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: teri kasalliklarida erta mikrobiologik tashhislash amaliyotining qo‘llanilishi orqali sportchilarda Fatiderm qatori liniyasi qo‘llanilganda davolash kunlarining qisqarishi natijasida sportchilar mashg‘ulotlarga tezroq qaytishlari va o‘z ko‘rsatkichlarini tiklashlari mumkin bo‘ladi, ya’ni shifoxonada yiliga ambulator davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 78 nafar bemorga bir yilda 11 000 000 so‘mga iqtisod qilgan. Xulosa: teri kasalliklari bilan xastalangan sportchilarga ambulator sharoitida yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor uchun 1 kunga byudjet mablag‘larini 141 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 141 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: professional sportchilarning teri kasalliklarini Fatiderm faollashtirilgan kremniyli suv va kremniyli kremi bilan samarali kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan, ushbu usulning patologik o‘choqlarda patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasini kamaytirishi va teri regeneratsiyasi jarayonini kuchaytiruvchi yallig‘lanishga qarshi ta’sirini oshirishi, bemorlarning hayot sifatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi, davolash samaradorligini oshirishi Engil atletika federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №12-sonli buyruq hamda Suzish federatsiyasi terma jamoasining tibbiy xizmatiga 14.09.2022 yildagi №014-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bemor sportchilar terisining patologik o‘choqlariga Kremniy tutuvchi mahalliy mahsulotlarni (fatiderm kremniyli krem va fatiderm sprey) qo‘llash hamda kremniyli krem bilan samarali kompleks davolash usuli o‘choqlarda eritemaning sezilarli darajada kamaytiradi, shish, lixenifikatsiya va tugunchalarni so‘rilishiga, sub’ektiv qichishish hissini sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan kompleks innovatsion davolash usuli kasalliklarning qaytalanish holatini 8,9 martaga kamaytirgan, davolash samaradorligini 54,7% ga oshirgan, 78 nafar bemorning shifoxonada davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlardan 11 000 000 so‘m iqtisod qilgan. Xulosa: teri kasalliklari bilan xastalangan sportchilar ambulator sharoitida yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor uchun 1 kunga byudjet mablag‘larini 141 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 141 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.